MYU Evropa Ligasidagi ehtimoliy g'alabani nishonlamoqchi emas
13 may 14:39
Yangiliklar
MYU Evropa Ligasidagi ehtimoliy g'alabani nishonlamoqchi emas
"Manchester Yunayted" Evropa Ligasidagi ehtimoliy g'alabadan keyin katta bayram o'tkazishni rejalashtirmayapti.
Ruben Amorim shogirdlari hal qiluvchi bahsda "Tottenxem" bilan kuch sinashadi.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar g'alaba qozongan taqdirda parad o'tkazmaydi yoki avtobusda shahar bo'ylab sayr qilmaydi. Klub egalaridan biri Jim Retkliff mashg'ulot maydonida faqat barbekyu o'tkazish niyatida. Bu qaror tig'iz taqvim bilan izohlanadi: Evropa Ligasi finalidan bir necha kun o'tib, 21 may kuni MYU APL doirasida o'yin o'tkazadi, shundan so'ng jamoa safarga otlanadi.
"Manchester Yunayted" oxirgi marta 2013 yilda APL g'olibligini nishonlash uchun parad o'tkazgan, o'shanda 100 000 ga yaqin odam bayramda qatnashgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar