So’nggi yangiliklar

23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  0 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  2 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  5 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0

"Muzlagan maydonda ham shug'ullanganmiz, "Turon"da bu muammodan halos bo'ldik yoxud Championat.asia`ga rahmat" - Baxtiyor Ashurmatov bilan Antaliyada intervyu Yangiliklar

"Muzlagan maydonda ham shug'ullanganmiz, "Turon"da bu muammodan halos bo'ldik yoxud Championat.asia`ga rahmat" - Baxtiyor Ashurmatov bilan Antaliyada intervyu

Oradagi bir yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan "Turon" ayni paytda tayyorgarlikka katta urg'u qaratgan.

Yaypanliklar mashg'ulotlarni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirmoqda. Kecha jamoaning navbatdagi mashg'ulotiga tashrif buyurgan saytimiz jamoasi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov bilan bir nechta mavzularda intervyu tashkil qildi. Tajribali mutaxassis dastlab qura tashlash marosimiga to'xtaldi. 


— Jamoa o'z maydonida to'p tepsa, yoki "Navbahor", "Paxtakor"ga qarshi boshqacha taktikaga asoslanib tayyorgarlik ko'rishi mumkin. Raqibni ertaroq bilsak yaxshi. Qurani intizorlik bilan kutyapmiz. Kim bilan o'ynashimiz murabbiylar shtabiga ham, muxlislarimizga ham qiziq.

— Ko'p ishlagan jamoalarimda tayyorgarlik ko'rishda muammolarga uchralar edi. Katta xarajat qilib Toshkentga borilardi. U erda maydon topish oson emas. suniy maydonda jarohatlar ko'p kuzatilgan, deya olaman. Muzlagan maydonda ham shug'ullangan vaqtlarimiz bo'lgan. "Turon"da shu muammolardan halos bo'ldik. O'z mashg'ulot maydoni, trenajyor zali bor. Turkiyaga kelganimiz foyda berishi shubhasiz. Ko'p muxlislar jamoalarni Turkiyaga borib vaqtini bekor o'tkazib keladi, deydi. Lekin mana bu yil sharoitlar, mashg'ulotlar Championat.asia sayti orqali yaxshi yoritib, etkazib berilyapti. Silarga ham rahmat aytaman. To'liq malumot etkazib berishingiz ularning ham fikrini o'zgartirib turadi. Bu erda ko'rikka futbolchini taklif qilib ko'rib olish imkoni yuzaga keladi, mashg'ulotlar sifatli maydonlarda olib boriladi. SHunga qaramay qiladigan ishlarimiz ko'p. Akademiya, yoshlar futboli. Bu borada klubimizda Abduvahob Ahmadaliev yaxshi ish olib boryapti, sport direktori sifatida Andrey Kryuxin ish boshlagan. 


— O'ylaymanki, qisqa vaqt davomida ahil jamoa tuza oldik. Yangi kelganlar tez kirishib ketdi. Pro ligadan chiqqanimizdan so'ng selekciyani kuchaytirishimiz kerak edi. Yuqorida aytdim, ikki liganing darajasi boshqa-boshqa. Legionerlardan Anri CHichinadze, Dusha Stoilkovich jamoada avvaldan o'ynagandek taassurot qoldiryapti. Muloqotda qiynalishmadi. Selekciya jarayoni to'xtagani yo'q. Hujumchi topish borasida izlanmoqdamiz. SHu kunlarda bo'ydor hujumchi qo'shilishi kerak. Azim Ahmedov, Quvondiq Ro'ziev, SHohanazar Norbekov yordamida raqobatbardosh kuchli jamoa tuza olamiz. Ular "Turon" haqida ijobiy fikrda bo'lgani tufayli, xohish borligi sabab o'tishdi. Azim Ahmedov oxirgi yillarda "Navbahor"da etarlicha o'ynamadi. Yordami tegishiga ishonaman. 

— "Rubin" yozgi transfer oynasida o'sha vaqtdagi bosh murabbiy Leonid Sluckiy men bilan suhbatlashdi. Transferni hoziroq hal qilish tarafdori edi. "Navbahor" muxlislari, rahbarlari bilan o'zaro iliq munosabatimiz tufayli qoldirishga qaror qildik. Afsuski jamoa chempion bo'la olmadi, kubokni boy berdi. "Navbahor" kamida kubokni qo'lga kiritishiga umid bog'lagandik. Klub Rustamni bu mavsum ham olib qolishga harakat qildi. Lekin yozda "Rubin" bilan kelishib qo'ygandik. Qozonliklarning "Navbahor" bilan o'yinini ko'rib biz adashmaganimizga ishonchimiz komil bo'ldi. FNL jamoasi O'zbekistonni chempionlik uchun kurashayotgan jamoasidan 2-3 karra ustunligi ko'rinib turdi. Tayyorgarlik deyishimiz mumkin. Futbolchilarning fikrlashi, ularga qo'yilgan talab, vitaminizaciya va boshqa masalalarda o'zbek klublaridan kuchli ekan. Asosiysi Rustamni jamoaga moslashib ketishi. O'sha kuni xatosiz o'ynagani xursand qildi. SHu kunlarda murabbiylari bilan ko'rishib, ularning fikrini bilib kelmoqchiman. U yolg'iz emas, Umarali Rahmonaliev bor. Qolaversa Rustamni poziciyasida raqobat kuchli. 3ta o'ringa 6ta markaziy himoyachi. O'ylaymanki, o'sishga erishadi, terma jamoaga ham foydali bo'ladi.



Kamoliddin Alimov (Turkiya, Antaliya)

Abdulaziz Iskandarov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика