So’nggi yangiliklar

17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  5 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  7 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  1 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  11 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  16 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11

Mutaxassis fikri: "Oston O'runovning individual sifatlari barchasini hal qildi. "Paxtakor"ning bugun qanday o'yin ko'rsatishi jumboq" Yangiliklar

Mutaxassis fikri: "Oston O'runovning individual sifatlari barchasini hal qildi. "Paxtakor"ning bugun qanday o'yin ko'rsatishi jumboq"

Tajribali mutaxassis, ayni paytda O'zbekiston U-15 terma jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Jasur Abduraimov o'zbek klublarining OCHLdagi o'yinlari haqida fikrlarini bildirdi.

"Navbahor"ning uchrashuvini tomosha qildim. Jamoa ikkinchi taymda o'yinin kuchaytira oldi. Ostonning individual sifatlari muhim rol o'ynadi. SHaxsan menga ikkinchi taym manzur keldi. Hujumda, himoyada birdamlik bilan harakat qildi. OKMK OCHLda o'ziga o'xshayotgani yo'q. Futbolchilar harakat qilyapti, lekin kechagi kabi gollarni o'tkazib yubormoqda. 

Avval aytganimdek, "Nasaf"da Ro'ziqul Berdievning ishi ko'rinmoqda. Olib borilgan selekciya jarayonida ham murabbiyning ishi sezilib turibdi. Har yili bir nechta futbolchini chiqaradi. Uning jamoasida doim ikkita taktika bo'ladi. Himoyada imkoniyatini kutib, qarshi hujumlardan foydalanadi, yuqori pressingda ham o'ynay oladi. Pozicon hujumlarda biroz muammolar bor, ammo ijrochilar va aniq uslub hisobiga bu kamchilik ko'rinmay ketmoqda. 

"Paxtakor"ning qanday o'yin ko'rsatishi men uchun jumboq hisoblanadi. Etakchilardan CHeran maydonga tushmaydi. Balki juda yaxshi o'yin ko'rsatib, yutishi mumkin. Balki boshqacha natija qayd etilar. Jamoada barqarorlik yo'qligi uchun aniq fikr bildirish qiyin", – dedi Jasur Abduraimov. 


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика