So’nggi yangiliklar

12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  0 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  4 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  11 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  11 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  69 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2

Murod Ismoilov "So'g'diyona"ga mos murabbiymi? Yangiliklar

Murod Ismoilov "So'g'diyona"ga mos murabbiymi?

Murod Ismoilov "So'g'diyona" klubi qiziqishiga sabab bo'lgani haqida xabar chiqdi.

2012 yil "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida O'zbekiston chempioni bo'lgan Murod Ismoilov Jizzax klubi ishlasa ikkala tomon uchun qanchalik foydali bo'ladi? Biz murabbiyning faoliyatini yodga olishga qaror qildik.

Dastlab Ismoilov Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borgandi. O'sha jamoa 2010 yil Toshkentdagi Osiyo chempionatida finalga qadar etib borgan, 2011 yil Meksikada o'tgan mundialda chorak finalga chiqqan edi.

2012 yil Murod Ismoilov boshchiligidagi "Paxtakor" O'zbekiston chempioni bo'lgan edi. Ayni paytda faoliyat olib borayotgan murabbiylar orasida chempionlar juda kamligini barcha biladi. Ismoilov 2014 yil Farg'ona viloyati hokimi taklifi bilan "Neftchi"da ish boshladi. Bir yil oldin jamoa mavsumni 9-o'rinda tugatgandi. Ismoilov boshchiligida bu natija bir pog'ona yaxshilandi. Ammo farg'onalik muxlislar juda talabchan ekanliklarini barchamiz juda yaxshi bilamiz.  Keyingi yil "Neftchi" ushbu murabbiy boshchiligida yaxshi natijalar qayd etdi. Rahbariyat sentyabr oyida Ismoilovning o'rniga Fyodorovni bosh murabbiy etib tayinladi. O'sha mavsumni "Neftchi" beshinchi pog'onada tugatdi.

2016 yilgi mavsumni Murod Ismoilov vodiyning boshqa bir klubida boshladi. "Qo'qon-1912"dagi faoliyat u qadar yaxshi chiqmaganini barcha biladi. Biroq o'sha paytdagi klubning moliyaviy holati bilan hozirgi holatini taqqoslab bo'lmaydi. Sababi o'sha paytda jamoa rahbariyati Ismoilov so'ragan futbolchilarni olib kelib berishga qodir emas edi. Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng murabbiy o'zi ariza yozib jamoadan ketishga qaror qilgan edi.

SHundan keyin "Neftchi" rahbariyati Ismoilovni yana jamoaga qaytarib Fyodorovga yordamchi etib tayinladi.

Endi Jizzaxning "So'g'diyona" klubi rahbariyati murabbiyga jamoani boshqarishni taklif qilmoqda.

Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Ismoilov "So'g'diyona" rahbarlariga agar Davron Fayziev jamoada qolsagina unga yordamchi bo'lib borishga roziligini bildirgan. Bu esa Ismoilovda haqiqiy odamgarchilik borligini ko'rsatib turibdi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика