So’nggi yangiliklar

06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0

Murod Ismoilov: “Orqaga yo'l yo'q edi” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Orqaga yo'l yo'q edi”

"Neftchi" - "Olmaliq" (2:1) uchrashuvidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Igor SHkvirin ishtirok etmadi.
“Olmaliq” jamoa yaxshi shakllangan jamoa. Bilamizki “Olmaliq” jamoasini tajribali murabbiy Igor SHkvirin boshqarib bormoqda. Jamoaning kuchini egallab turgan o'rnidan ham bilishimiz mumkin”, - deb gap boshladi Murod Ismoilov.

Tarkibidagi o'yinchilar ham yaxshi saviyada ekanligini bilardik. Bugun bizda orqaga yo'l yo'q edi. “Olmaliq”ni yaxshilab o'rganishga harakat qildik. Ularni o'yini tushirilgan disklar orqali jamoani o'yinini tahlil qilib chiqdik. Hozir jamoamizda yangi murabbiylar ish boshlashdi. Sergey Lebedov va Andrey Fyodorovning ham o'yinga tayyorgarlik ko'rishimizda foydalari tegdi deb o'ylayman.

- Bilasizki 7 turdan buyon g'alaba nima ekanligini bilmay kelayotgandik. Birinchi goldan keyin yigitlarni o'yinida ozgina pasayish kuzatildi. Bunga sabab qilib shogirdlarimni ozgina ruhiy tomondan oqsaganliklarini aytishim mumkin. Mashg'ulotlar davomida yaxshi harakat qilgan o'yinchilar bugun ozgina hayajon bilan to'p tepishdi.
 
- Gvazavaning hozirgi jismoniy holati 30-35 daqiqani ko'tara oladi. “Paxtakor”ga qarshi bahsda jarohat olgandan so'ng endi maydonga tushdi. Uning jismoniy holati o'yindan-o'yinga yaxshilanib borishiga umid qilyapmiz.

- Har qanday holatda bo'lishimizdan qatiy nazar yoshlarga etibor qaratamiz. Mana bugun ko'rdinglar Otabek Zokirovni boshlang'ich tarkibda tushirdim. Unda ozgina hayajon sezilib turgandi. U bu hayajonni engib chiqa olmadi. SHuning uchun almashtirishga qaror qildim.

- Penalti bu lotoreya. Kubok o'yinida Qo'qonda Kleckov penaltini ajoyib tarzda amalga oshirishga muvaffaq bo'lgandi. Bugun ham men agar o'yin payti penalti bo'lgudek bo'lsa Kleckov tepishini aytgandim. Afsus u bu imkoniyatdan foydalana olmadi.

Komiljon Ikromov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика