So’nggi yangiliklar

20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:15Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  27 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   1 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  83 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  1 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  17 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  2 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  16 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  54 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Murod Ismoilov: "Lokomotiv" bilan safarda durang biz uchun yaxshi natija" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Lokomotiv" bilan safarda durang biz uchun yaxshi natija"

"Lokomotiv" - "Neftchi" (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Murod Ismoilov ishtirok etdi.
"Avvalo barchani Navro'z ayyomi bilan tabriklayman. O'yin xususida gapiradigan bo'lsak, bugun biz juda kuchli futbolchilarga ega bo'lgan jamoa qarshi o'ynadik. "Neftchi" bugun o'z kuchidan kelib chiqib, himoyaviy o'yin taktikasini tanladi. Ko'pchilikka o'yinimiz balki uncha yoqmagandir. Lekin vaziyatdan kelib chiqqan holda o'ynadik. Bir tomondan olib qaraganda, bu bahsda omadimiz ham chopdi. Bugun g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi yoki mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Lekin "Lokomotiv" bir qator vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Endi bu narsalar u jamoaning muammosi. Asosiysi biz Toshkentdan ochko oldik", -  deya gap boshladi Murod Ismoilov.

- "Neftchi" dastalbki ikki turda ikki ochko jamg'ardi. Bu siz uchun qoniqarli natijami?
- Bugun biz "Lokomotiv" bilan safarda o'ynadik va durang yomon natija emas. Lekin birinchi turdagi natija biz uchun qoniqarli bo'lmadi. "SHo'rtan" bilan o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Bir qator futbolchilarimiz olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan. Lekin biz "Paxtakor"ga o'xshab o'yinni qoldirishni so'ramadik. Lekin bu bilan ularning qarorini yomonlamoqchi emasman. Sababi ularning asosiy tarkib futbolchilari termaga chaqiruv olishdi. Bizda esa barcha o'yinchilar ham asosiy tarkib azolari hisoblanmaydi.

- Otabek Haydarov bugun hujum chizig'ida o'ynamadi va Akmal Holmatovni zaxiradan maydonga tushirishingizni sababi nimada ekanligini aytib bersangiz?
- Otabek Haydarov bugun vaziyatdan kelib chiqib hujumda o'ynamadi. Akmalga keladigan bo'lsak, mana bilamizki "Manchester Yunayted"da Giggz va Skoulz kabi futbolchilar o'ynashgan. Ular nafaqat asosiy tarkibda maydonga tushib jamoaga yordam berishgan, balki kiyinish xonasi ham etakchilik qilib, ajoyib muhitni yaratishda va futbolchilarni tajribasini oshirishda katta ko'maklari tekkan. Akmaldan biz kerakli paytda foydalanamiz. Uning hozirgi kundagi jismoniy holati 90 daqiqa o'ynashga yo'l qo'ymaydi. Holmatov nafaqat maydonda, balki maydondan tashqarisida ham bizga katta yordam bermoqda.

- Murod Bobojonovning jarohati jiddiymi?
- Murod Bobojonovni nega asosiy tarkibda tushirmayapsizlar degan savollar juda ko'p yangramoqda. Murodbekning jarohati borligi bois biz uni asosiy tarkibda qo'ymayotgan edik. Mana bugun ham ikkinchi oyog'ini shikastlab oldi. Lekin o'ylashimcha, u tez orada yana maydonga qaytadi.

- Keyingi o'yin yangi stadionda bo'ladimi yoki yana Qirgulidami?

- Xudo xohlasa "Navbahor" bilan bo'ladigan bahs yangi stadionda bo'lib o'tadi. Yangi stadion Navro'z bayramiga ochib topshirildi va endilikda o'yinlarimizni ushbu stadionda o'tkazamiz.


SHahboz Beg'amov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика