So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  1 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  1 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  2 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  11 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  8 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  11 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  7 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  47 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1

Murod Ismoilov: "Levchenko borasida tezkor qaror chiqarilmasligini istardim" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Levchenko borasida tezkor qaror chiqarilmasligini istardim"

Superliga 6-turning markaziy va qiziqarli qarama-qarshiligi kecha Farg'onada bo'lib o'tdi.

"Neftchi" o'zbekcha klassikoda "Paxtakor"ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdan avval bo'lgani kabi o'yindan so'ng "Neftchi" va "Paxtakor" sobiq murabbiyi Murod Ismoilovning fikrlarini tingladik.

"O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, "sher" har qanday holatda ham "sher" hisoblanadi. "Paxtakor" bu klassikoda har qanday vaziyatda eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi. G'alaba bilan mag'lubiyat doim birga yuradi. 

Men murabbiy borasida tez qaror chiqarilmasligini istardim, chunki Vitaliy Levchenko yaxshi saviyadagi mutaxassis. To'g'ri, ijrochilar bor, muxlislar qo'llab-quvvatlamoqda. Lekin hamma ham Levchenkoning yutishini xohlayaptimikin? Levchenkoga sidqidildan xolis yordam beryaptimikin? Bu ham katta savol tug'diradi. Gvardiolaning kitobida muallifning shunday gapi bor: "Agar siz Gvardiolani taklif qilmoqchi bo'lsangiz, xomiylari, xo'jaynidan tortib farroshlargacha yordamlashishi, aytgan futbolchilarini olib berib sharoitlarni yaratib keyingina natijalarni kuting",- deyiladi. Selekciya borasida Levchenko o'zi istagan futbolchilarni jalb qila oldimi yoki kelgan futbolchilarni o'ynatishga majbur bo'ldimi menga qorong'u. Muxlislar, rahbariyat, futbolchilar ham bu mutaxassisni qo'llab-quvvatlashi kerak. Uyda "Navbahor" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin viloyat hokimimiz Xayrulla Xayitboevich Bozorov kiyim almashtirish xonasida barchaga minnatdorchilik bildirganida Levchenkoni uzoq tabrikladilar. Shu paytda o'sha joyda turgan hamma ham samimiy xursand edimikin yoki ichidan boshqa narsa o'tdimikin. Men mutaxassis, murabbiy, "Neftchi" muxlisi sifatida Levchenkoga imkoniyat berishda davom etish, kerak deb o'ylayman. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi",- deydi Murod Ismoilov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика