So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

Murod Ismoilov: “Yigitlarga etiroz yo'q” Yangiliklar

Murod Ismoilov: “Yigitlarga etiroz yo'q”

“Neftchi” – “So'g'diyona” o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Murod Ismoilov ishtirok etdi.

- Avvalo o'tib ketgan ustoz va murabbiylar kuni qolaversa, yaqinlashib kelayotgan Iyd Qurbon Hayit bayrami bilan barchani tabriklayman. Uchrashuv haqida to'xtaladigan bo'lsam, bugun ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. SHunga qaramay hech bir futbolchiga etirozim yo'q. Bugun ularning birortasini bor kuchi bilan o'ynamadi deya olmayman. Yigitlar ijobiy natija uchun harakat qildi. Lekin bizni qiynab kelayotgan “kasallik” yani, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana bilmaslik bugun bizga yana pand berdi. Yirik hisobda g'alaba qozonishimiz lozim edi. Biroq o'zinglar ko'rdinglar omad afsuski ochiqchasiga yuz o'girdi – deya gap boshladi Murod Muzaffarovich. 

- Bunga nima sabab bo'ldi deb hisoblaysiz?

- Ushbu durangdan keyin bahona qiladigan hech narsa yo'q. Stadionga kelgan ishqibozlar va barcha guvohi bo'ldi, juda ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Oxirgi daqiqalarda o'yinchi almashtirayotganda hatoga yo'l qo'ygan bo'lishimiz ham mumkin. Nazarimda Akmal Xolmatovni burchak to'pi tepilganidan so'ng almashtirishim kerak edi. Birgina buni sabab deb o'ylamayman. Yigitlar yomon taassurot  qoldirmadi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda ular yaxshi harakat qildi. Lekin vaziyatlardan foydalanishga kelganda sovuqqonlik etishmayapti. O'yin oxirida birgina jarima zarbasi uchrashuv taqdirini hal etdi. Biz uchun bu juda ham achinarli xolat bo'ldi.

- Jamoaviy o'yinni tashkil etishda muammo bordek tuyulmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- Men bunday deb o'ylayman. Oldingi bahslarga nisbatan o'yinimiz yaxshi tomonga o'zgarib bormoqda. 

- Bugun 4-5-1 taktikasidan foydalandingiz...

- Ha, oxirgi vaqtlarda bu kabi savollar ko'p uchramoqda. 4-5-1 taktikasi bu birgina hujumchi bilan o'ynamoqda degani emas. Qanotdagi futbolchilar ham ikkinchi hujumchi vazifasini bajarishi kerak bo'lgan taktikadir. Ularni yarim himoyachilar deb emas, hujumchilar deya atash kerak. SHu bois qanot futbolchilaridan ko'proq hujumga qo'shilishini talab qilmoqdamiz. Bu hozircha to'liq shakllanmadi. Ishlashda davom etamiz. Imkon qadar harakat qilyapmiz. Bu qanchalik o'zini oqlaydi buni vaqt ko'rsatadi. Lekin niyatimiz xolis. Jamoani yuqoriga olib chiqish uchun barchasini ishga solyapmiz. Insonni o'ylagani hayotda hamisha o'zi istaganichalik bo'lavermas ekan. Bunga misol tariqasida bugungi o'yinni ko'rsatish mumkin. Hech kim mag'lub bo'lamiz yoki durang qilamiz degan maqsadda chiqmagandi. Buni yigitlarning o'yindan oldingi ishtiyoqida ham ko'rish mumkin edi. Etibor bering bugun uch marotaba to'p to'singa tegib qaytdi! Bu narsa futbolda juda kamdan-kam xollarda uchraydi. Bu xolat aynan bugun bizda ro'y berdi – deydi Ismoilov.    

Islombek Rustambekov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика