So’nggi yangiliklar

10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  1 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  8 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  3 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4

Muhammadziyohiddin Mirzaev: "Imkon" asosan 2000-2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat" Yangiliklar

Muhammadziyohiddin Mirzaev: "Imkon" asosan 2000-2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat"

Oltiariqning “Imkon” va Farg'onaning “Istiqlol” jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvidan so'ng, “Imkon” klubi rahbari Muhammadziyohiddin Mirzaev saytimizga intervyu berdi.

- “Imkon” futbol klubi 2003 yilda tashkil topgan. Ayrim sabablarga ko'ra jamoamiz faoliyati vaqtincha to'xtatilgan edi, yaqinda qaytadan shakllantirdik. Klubimiz o'z stadioniga ega. Homiylarimiz ko'magi ostida hozirgi kunda stadionimiz qaytadan tamirlanmoqda. Joriy mavsumda o'z oldimizga futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligida munosib ishtirok etishni niyat qilganmiz. SHuningdek yaqinda bo'lib o'tadigan “Navro'z kubogi” musobaqalarida ham qatnashish rejamizda bor.

Hozirgi kunda asosiy etiborimizni jamoamizni qaytadan shakllantirishga qaratganmiz. Kelajakda “Imkon” klubi qoshida futbol maktabi tashkil etmoqchimiz.

Jamoamiz asosan 2000-2001 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilardan iborat. Jamoamizning uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadioni “Imkon arena” deb nomlangan bo'lib, bu stadion o'z bag'riga o'n ming tomoshabinni sig'dira oladi. Jamoamiz bosh murabbiyi ilgari ham bizda ishlagan Kamol Jo'nashev hisoblanadi, unga Dilshod Rayimjonov yordamchi murabbiy sifatida yaqindan yordam beradi – deydi Muhammadziyohiddin Mirzaev.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика