So’nggi yangiliklar

12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  2 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  5 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  2 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  3

Moziy chempionlari Yangiliklar

Moziy chempionlari

O'tgan asr oxirlarida Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida shunday kuchli jamoalar bo'lganki, ularning hozirgi natijalaridan bunga hatto ishonish qiyin.

Quyida ularning bazilari bilan tanishib chiqamiz

"Deportivo"

Ushbu klub o'tgan asrda Ispaniyaning yuqori divizionida yaxshigina obro'ga ega edi. La-Korunya jamoasi 1999/2000 yilgi mavsumda La Liga chempionligini ko'lga kiritgan bo'lsa, 2 marta Ispaniya Kubogi va 3 marta Ispaniya Superkubogiga ega chiqqan. O'sha paytlarda "Depor" nafaqat Ispaniya, balki Evropada ham o'z mavqeiga ega edi. 

Klubning UEFA CHempionlar Ligasidagi eng yaxshi natijasi – yarim final bosqichi. SHundan so'ng jamoada pasayish kuzatilib, Ispaniya milliy chempionatida pastki o'rinlarni egallay boshladi. Rahbariyat o'zgarishi va boshqa faktorlar La-Korunya klubini 2015 yilda Segundaga tushib ketishiga olib keldi. 

2021/22 yilgi mavsumni jamoa uchinchi darajali liga – Ispaniya qirollik futbol federaciyasining birinchi divizionida o'tkazmoqda. 

"Nyukasl"

Nyukasl shahri jamoasida APLning boshqa yirik klublaridek shonli tarix bor. Ushbu klub o'tgan asr oxiri hamda yangi asr boshida yirik natijalar qayd etgan. Klubda 4 ta APL chempionligi kubogi, 6 ta Angliya Kubogi va shu kabi boshqa yirik sovrinlar mavjud. 

"Nyukasl"da APL tarixida o'z nomini o'chmas qilib qoldirgan Alan SHirer kabi futbol afsonalari to'p tepgan.

Moliyaviy inqiroz tufayli 2015 yilda CHempionshipga tushib ketib, bir yildan so'ng qaytdi va hozirgi kungacha klub ko'zga ko'rinarli natijalar qayd etmadi. 

2021 yilda jamoaga yangi xo'jayinlar kelgach, yana yirik natijalar kutila boshlandi. Balki klub yana eski davrlariga qaytib, yirik natijalar qayt eta olar. Ko'ramiz, kuzatamiz.

"Lids Yunayted"

APL tarixida inqirozga yuz tutgan yana bir katta klublardan biri – bu "Lids Yunayted". Ushbu klub uzoq yillar mobaynida CHempionshipda jon saqlab keldi va 2020 yilda APLga qaytdi. 

Umumiy sovrinlariga kelsak, 3 marta Premer-liga g'olibiga aylangan. SHuningdek, 1 ta Angliya Kubogi, 1 ta Angliya Liga Kubogi, 2 ta Angliya Superkubogi sohibi bo'lgan.

Klub moliyaviy inqiroz tufayli mavqeini yo'qotgandi. 2018 yilgi mavsumda jamoaga Marselo Belsa murabbiy etib tayinlandi. Tajribali murabbiy qo'l ostiga istedodli futbolchilarni jamladi hamda APLga qaysidir manoda "buyuk qaytish" qildi.

"SHalke-04"

Yaqin yillargacha Bundesliga kuchlilari orasida sanab o'tilgan klub ayni paytda Germaniyaning Ikkinchi divizionida o'ynayapti. "SHalke" o'tgan yili Bundesliga bilan xayrlashdi. 

Gelzenkirxen klubi sovrinlar borasida ham maqtanarli natijalar ko'rsatgan (7 karra Bundesliga chempioni, 5 marta Germaniya Kubogi egasi, 1 marta Evropa Ligasi g'olibi va boshqalar). 

O'z paytida jamoada Raul Gonsales, Manuel Noyer, Mesut O'zil, Leroy Sane kabi futbol yulduzlari to'p tepishgan. Tarkibining kuchsizlanishi tufayli klub Ikkinchi divizonga ravona bo'ldi.

"Nottingem Forest"

Angliyadagi yana bir oltin tarixli klub!  "Nottingem Forest" jamoasida yuqoridagilarda mavjud bo'lmagan narsa bor, yani klubda 2 ta Evropa CHempionlari Kubogi (hozirgi CHempionlar Ligasi Kubogi) mavjud. Ammo bu juda uzoq yil avval yuz bergan edi (1978/79 va 1979/80 yilgi mavsumda). SHuningdek, Uest-Brijford klubi 1 marta APL chempioniga ham aylangan.

Afsuski, jamoa yangi asr avvalida o'z mavqeini deyarli butkul yo'qotdi. Klub 2003/2004 yilgi mavsumda CHempionshipga chiqishni uddaladi va hozirgi paytda ikkinchi darajali ligadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

SHuhrat Homidov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика