Mourinyuning yordamchisi bir oyga diskvalifikaciya qilindi
03 fev 2023 22:50
Yangiliklar
Mourinyuning yordamchisi bir oyga diskvalifikaciya qilindi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyuning yordamchisi Salvatore Foti bir oyga diskvalifikaciya qilindi.
Yordamchi murabbiy kubok bahsida hakamlar va raqib murabbiyiga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgani uchun jazolandi.
Eslatib o'tamiz, ushbu haftada "Roma" Italiya kubogi chorak final bosqichida o'z maydonida "Kremoneze"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. Natijada Joze Mourinyu shogirdlari musobaqani tark etdi.
"Roma" navbatdagi o'yinni 4 fevral kuni Italiya chempionati doirasida "Empoli"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar