Mourino "Real"da ishlagan paytida Neymarni "CHelsi"ga o'tishga undagan
10 okt 2016 14:47
Yangiliklar
Mourino "Real"da ishlagan paytida Neymarni "CHelsi"ga o'tishga undagan
O'sha paytda portugaliyalik mutaxassis "Barselona" bilan futbolchi uchun kurash olib borayotgan "Real" ustozi edi. Neymar "Santos" sharafini himoya qilayotganda "Barselona"ni tanlagan. Mourino "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresning barcha niyatlarini bilgan, ammo o'sha paytda ularning munosabatlari iliq bo'lmagan. Bundan tashqari, Mourino "Real"ning bazi futbolchilari bilan janjallashib qolgan va "CHelsi"ga qaytishni rejalashtirgan. Mourino o'z agenti Jorje Mendesh yordami bilan Neymar raqamini olib, unga qo'ng'iroq qilgan. U futbolchiga "CHelsi"ni boshqarishini, klub rahbari Roman Abramovich braziliyalikni xarid qilish uchun kerakli barcha ishni bajarishini aytgan. Ammo Neymar va uning otasi "Barselona" taklifini qabul qilishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar