So’nggi yangiliklar

09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  3 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  4 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  0 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  7

Mo'minjon Meliev: “Lokomotiv” safida ko'proq gol urmoqchiman” Yangiliklar

Mo'minjon Meliev: “Lokomotiv” safida ko'proq gol urmoqchiman”

Superliga 14-turida “Lokomotiv” o'z maydonida “Qizilqum” (1:0) klubidan ustun keldi.

Mazkur bahs borasida “temiryo'lchilar” hujumchisi Mo'minjon Meliev fikrlariga quloq tutdik.


“Qizilqum” bilan o'yin xususida

- Bilasiz, raqib jamoa tarkibida tajribali futbolchilar yig'ilgan. O'yindan olgan taassurotlarim katta. Biz mazkur bahsda juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlash ajoyib kayfiyatni taqdim qiladi. Biroq bu o'yinni esdan chiqarib, keyingi o'yinlarga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz.

G'alaba borasida

- Murabbiylarimiz tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarni bajardik. Qolaversa, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqimiz yuqori edi. Biz bir jamoa bo'lib harakat qildik va yakunda maqsadimizga erishdik. 

Yangi jamoa nechta gol urishi xususida

- To'g'risi, o'zimda ham bu borada savollar bor. Xudo xohlasa, “Lokomotiv” safida ko'plab gollarni urmoqchiman, bunga astoydil harakat qilyapman. Muhitga moslashib ketishimga jamoadoshlarim ham yordam berishmoqda. Afsuski, vaziyatlardan foydalanishda ozgina omad etishmayapti. Biroq jamoaga yordam berish va gollarim bilan g'alaba keltirsam bundan faqat xursand bo'lardim. 

“Lokomotiv”ning maqsadi to'g'risida

- Bilasiz, jamoamiz o'z tarixiga ega. Buni hamma juda yaxshi biladi. Xudo xohlasa, chiroyli o'yinlarimiz va g'alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Ikkinchi davrada yuqori o'rinlardan birini egallash uchun oxirigacha kurashamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика