Modrich termadagi o'yinlar soni bo'yicha Buffonni ortda qoldirdi. Evropada faqat ikki futbolchi Lukadan ko'proq o'yin o'tkazgan
20 iyu 2024 00:51
Yangiliklar
Modrich termadagi o'yinlar soni bo'yicha Buffonni ortda qoldirdi. Evropada faqat ikki futbolchi Lukadan ko'proq o'yin o'tkazgan
Xorvatiya bugun Evro-2024 ikkinchi turida Albaniya (2:2) bilan durang o'ynadi.
Bu o'yinni to'liq maydonda o'tkazgan Luka Modrich uchun Albaniyaga qarshi bahs Xorvatiya terma jamoasi tarkibidagi 177-o'yin bo'ldi.
SHu tariqa, Luka Modrich Evropa terma jamoalari orasida terma jamoada o'tkazgan o'yinlar soni bo'yicha kuchli uchlikka kirib oldi. Bunga qadar Janluiji Buffon 176 ta o'yin bilan uchinchi o'rinda edi.
Evropadagi terma jamoalar safida ko'proq o'yin o'tkazgan ikki futbolchi bu Serxio Ramos (180) va Krishtianu Ronaldu (208) hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar