So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Miyangni biroz ishlat". SHakira yangi qo'shig'ida Pikeni "er tishlatdi" Yangiliklar

"Miyangni biroz ishlat". SHakira yangi qo'shig'ida Pikeni "er tishlatdi"

Teglar :  SHakiraJerar Pike
Jerar Pike va SHakira o'rtasidagi mojaro hali beri tugamaydiganga o'xshaydi.

Yulduzli juftlik 2022 yilning yozida futbolchining ishidan so'ng ajrashib ketgan edi. Malumotlarga ko'ra, Pike SHakira bilan birga payti Jerar o'zining prodyuserlik kompaniyasida ishlaydigan 23 yoshli talaba Klara CHia Marti bilan uchrashishni boshlagan edi.

SHakira va Pike ajrashganidan so'ng ko'p voqealar sodir bo'ldi. Masalan, xonanda farzandlari uchun kurashda sudda g'olib bo'ldi va endi "Barselona" sobiq himoyachisi farzandlari bilan faqat SHakira roziligi orqali uchrashishi mumkin.

Bugun SHakira Pikega navbatdagi zarbani berdi. U argentinalik mashhur didjey hamda prodyuser Bizarrap studiyasida yangi qo'shiq ijro etdi. Bu shunchaki qo'shiq emas, to'laqonli diss - Pike va uning yangi sevganiga atalgan zarbalar to'plami.

Birinchi kupletda SHakira oddiy metaforalardan foydalangan, ammo so'nggi qatorda sobiq erini "tepib" o'tib ketgan:


Kechir, men endi boshqa samolyotdaman

Qaytmayman, yana ortga burilishni xohlamayman

Sen chempionligingni ko'rsatishga urinyapsan

Men senga muhtojligimda o'zingni yomon tomondan ko'rsatding

Mendek ayol bo'ri, sen kabi yigitchalar uchun emas


Naqarotda so'zlar ko'p emas, ammo Pikening yangi sevgani esga olingan.


Mendek ayol bo'ri, sen kabi yigitlar uchun emas

Sendan ancha o'zib ketdim, aynan o'shu uchun o'zing kabi qiz bilansan


Ikkinchi to'rtlikda eng "yondiradigan" joyi boshlangan


Bu ishni ko'nikishing uchun qildim

Yig'lasang ham, yalinsang ham qaytmayman endi

Senga bo'lgan tanqidlar - mening ayblarim emas


Qarzlar va jurnalistlar bilan eshik oldida tashlab ketding

Menga og'ir bo'ladi deb o'ylading, ammo yanada kuchli ayolga aylandim.


Ikkinchi kuplet o'rtasida SHakira Pikening yangi muhabbatiga yaxshigina zarba bergan. 22 deyilgan joy qizning yoshiga ishora. Xonanda 45 yoshda, ikki karra katta.


O'rinbosarim bilan qolding, senga omad tilayman

Senga nima bo'ldi, buni aslo bilmayman,

Men 22dan ikki baravar qimmatman

Sen Ferrarini Renaul Twingo (Sparkga o'xshash mashina) almashding

Sen Rolexni Casioga almashding.


Oxirida - intellekt haqida "panch" bo'lgan va SHakira buni boshqa so'zlar bilan qog'ozga o'rab o'tirmagan.


Zalda rosa ishlaysan

Ammo miyangi ham biroz qiyna.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика