So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  1 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  21 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda faqat g'alaba uchun tushamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda faqat g'alaba uchun tushamiz"

Xitoy - O'zbekiston (2:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
Mag'lubiyatdan so'ng tabiiyki Qosimovning kayfiyati yo'q edi. OFK vakili dastlab murabbiyga toza o'yin vaqti 60 daqiqadan oshgani uchun maxsus sovrin taqdim etdi.

"Bugun g'alaba qozonmoqchi edik. Yutuq bizni keyingi bosqichga olib chiqardi. Xitoyni g'alaba bilan tabriklamoqchiman. Xitoy jamoasi yaxshi o'ynadi va bizga ikkita gol urdi. Gol o'tkazilgan vaziyatda oddiy xatoga yo'l qo'ydik. Keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Saudiya Arabistoni bilan bahsda g'alaba qozonib o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga umid qilamiz", - deydi Qosimov.

- Bugungi issiq havo va namlik futbolchilarga tasir qildimi?

- Albatta, bizga ham xitoyliklarga ham bu holat tasir qilgani tabiiy.

- Xitoyni mensimaslik holati bo'ldimi. Balki shu tufayli mag'lub bo'lgandirsizlar?
- Yo'q. Bunday holat yuzaga kelmadi. Xitoy kuchli raqib ushbu jamoani hurmat qilamiz.

- Bugungi mag'lubiyat Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda sizlarni ancha qiyin holatga tushirdi.
- To'g'ri so'nggi turga qadar barchasini hal qilishimiz kerak edi. Lekin 3-turda biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- O'zbekiston chempionatida mavsumni yaxshi o'tkazgan Suyunov, Muhammadiev, Iskanderov va Rashidov kabi futbolchilar asosiy tarkibda o'ynay olishadimi?
- Albatta hozir tarkibimizda bor bo'lgan barcha o'yinchilar asosiy tarkibga tortadi. Lekin KXDR bilan bahsda g'alaba qozonganimiz uchun g'olib tarkibni almashtirmaslikka qaror qildim. Sanab o'tilgan futbolchilar albatta bizning kelajagimiz.

- Jeparovning erta almashtirilishiga sabab nima bo'ldi?
- Sababi Server qanotda harakat qildi. Qanot o'yinchilar ancha ko'p harakat qilishadi, shu bois charchab qolgan Jeparovni almashtirdim.

- Birinchi o'tkazilgan vaziyat haqida nima deya olasiz?
- To'g'risi himoyachilarimiz yo'q joydan raqibga gol sovg'a qilishdi. Doim oxirigacha kurashish lozim. Ayniqsa Osiyo Kubogidek musobaqada. 

Narzulla Saydullaev
Brisben shahridan
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика