Mirjamol Qosimov: "O'tgan mavsum davomida ham hech kim bizni chempionlikka davogarlar safida tilga olishmagandi"
29 apr 2025 11:49
Yangiliklar
Mirjamol Qosimov: "O'tgan mavsum davomida ham hech kim bizni chempionlikka davogarlar safida tilga olishmagandi"
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – OKMK (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar yarim himoyachisi Mirjamol Qosimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yutishni bilgan jamoa yutqazishni ham bilishi kerak. Guvohi bo'lganingizdek, yomon o'yin bo'lmadi. Havo harorati ham o'yinga tasir o'tkazdi. "Bunyodkor" biroz o'yin tempini tushirishga harakat qildi va buni uddaladi. Bugun OKMK kambek amalga oshirilmaganining sabablaridan biri shu, deb o'ylayman.
Jamoadagi muhit juda yaxshi. Yigitlar har o'yinda shay holatda bo'lishadi. Barcha chempionlikni o'ylayapti.
O'tgan mavsum davomida ham hech kim bizni chempionlikka davogarlar safida hisoblashmayotgandi. Yakunda OKMK kumush medallarni qo'lga kiritdi. Allohga shukur, biz o'z mehnatimiz orqali hurmat qozondik deb o'ylayman", dedi 29 yoshli futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar