So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Mirjalol Qosimov: "Yaypanda avtobus ishlab chiqarilmaydi, to'g'rimi? O'yin boshlanmasidanoq "Turon" juda zo'r avtobus qo'ydi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yaypanda avtobus ishlab chiqarilmaydi, to'g'rimi? O'yin boshlanmasidanoq "Turon" juda zo'r avtobus qo'ydi"

Teglar :  "Turon"OKMK
Coca Cola Superligasining 11-turi doirasidagi "Turon" - OKMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.




O'yin haqida

- Bugungi o'yinda ikki ochko yo'qotdik. O'yin davomida uchrashuv tizgini bizning nazoratimizda edi. Penalti va qizil kartochkaga qaramasdan harakat qildik, ammo gol ura olmadik. Bir ochko nasib qilgan ekan, shunga ham shukur. Olmaliqdan kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. O'yin muxlislarga yoqdi. 

- Boake birinchi taymda unchalik ham o'ynolmadi. SHu holatda Ruben Sanchesni maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi...

- O'yindan keyin har xil taklif berish mumkin. Bu eng osoni. Yaypanda avtobus ishlab chiqarilmaydi, to'g'rimi? O'yin boshlanishi bilanoq "Turon" juda zo'r avtobus qo'ydi. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi. Bu adolatdanmi? Biz bu erga futbol o'ynagani kelganmiz. Muxlislar esa tomosha qilgani. Biroq, birinchi daqiqalardanoq himoyaga yotib olish bizga to'g'ri kelmaydigan ish. Bu nolish emas. Darvozabon ikki marta yotib olgan bo'lsa, bunga besh daqiqa ketdi. "Turon" juda zich himoyalandi. SHu sabab ham Boake birinchi bo'limda ko'rinmadi. Hisob 1:0 paytida gol urganimizda bu hamma savolga javob bo'lardi.

- Komilov va Denisovning o'rin almashishi sizningcha qay darajada o'zini oqladi?

- Har qanaqa vaziyat bo'ladi. Kimningdir o'yini qovushmasligi bu inson faktori. Akromda qandaydir hayajon bo'ldi. Hozir kimdir yomon o'ynadi deya olmayman. Bizning jamoada hamma yutadi, hamma yutqazadi. 

- Biz Mirjalol Qosimovning o'yinlarini ko'rib katta bo'lganmiz. Jarima zarbalari yo'llayotgan paytingiz gol bo'lishiga deyarli shubha qilmasdik. O'zbek futbolidagi yoshlar orasi o'zingizga munosib izdosh ko'rmoqdamisiz?

- Masalan, Jaloliddinov yaxshi tepadi. Bor bunday o'yinchilar. CHiqsin bunday o'yinchilar. Bu shaxsiy narsa emas, bu millat yuzi. Bizdan ham kuchli futbolchi bo'lishlarini tilab qolamiz. 

- Mirjalol aka, siz Sobiq Ittifoq termasida o'ynagansiz. Argentinada boshlangan Jahon chempionatida terma jamoamiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- To'g'risi, bashorat berishni yoqtirmayman. Lekin, bemalol yaxshi natija qilishlari mumkin. Bunday o'yinlarda darvozabon vaziyatlarni bartaraf etsa, bu jamoaga dalda bo'ladi. Kecha yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Hamma nara bosqichma-bosqich bo'ladi. Hozirgi birinchi masala guruhdan chiqib olish. Men bu yo'lda jamoamizga omad tilab qolaman. Qolgani Allohdan. Ko'p narsa omadga ham bog'liq. Jamoa yaxshi shakllangan. Ular Osiyo chempioni sifatida harakat qilishadi. Hech narsa yo'qotilmadi, juda mazmunli o'yin ko'rsatishdi. Nodirbek Abdurazzoqovda ham oxirgi soniyalarda imkoniyat bor edi. SHu vaziyatlardan foydalanilsa, yomon bo'lmaydi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика