So’nggi yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "To'g'risini aytadigan bo'lsam, o'zim ham nimaga bunday bo'lganini tushunmay qoldim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "To'g'risini aytadigan bo'lsam, o'zim ham nimaga bunday bo'lganini tushunmay qoldim"

OCHL guruh bosqichi, 4-tur doirasidagi "Sepaxon" - OKMK (9:0) uchrashuvidan so'ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

Avvalambor, barchaga Assalomu alaykum! "Sepaxon" jamoasini haqli ravishda g'alabaga erishgani bilan tabriklayman. O'ziga yarasha muammolarimiz etarli edi va bu narsa bugungi o'yinda yaqqol ko'rindi. Qolaversa, o'yinchimizning chetlatilishi ham o'yinga o'z tasirini ko'rsatdi.

Jamoangiz birinchi bo'limda raqibga qarshi yaxshi o'yin namoyish etgandi. Ikkinchi taymda esa biz boshqacha jamoani ko'rdik. Buning sababi nimada?

Savol uchun rahmat. To'g'risini aytadigan bo'lsam, o'zim ham nimaga bunday bo'lganini tushunmay qoldim. Ikkinchi bo'limda o'tkazib yuborgan golimiz qaysidur manoda o'z so'zini aytdi va ketma-ket «rekoshet» gollar o'yin tizginini butunlay o'zgartirib yubordi.

Ushbu natija sizning faoliyatingizdagi eng yomoni bo'ldi desak ham bo'ladi. SHu haqda fikrlaringiz?

Bu futbolda uchrab turadi. Lekin, to'g'ri takidladingiz bu faoliyatimdagi birinchisi.

Reyting: -72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика