Mirjalol Qosimov: "O'zbekiston kubogida eng yuqori maqsadni ko'zlaganmiz"
03 sen 2023 21:32
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "O'zbekiston kubogida eng yuqori maqsadni ko'zlaganmiz"
"O'zbekiston kubogida eng yuqori maqsadni ko'zlaganmiz. Qurada bizga qulay Pro liga jamoasi tushgan edi. SHu bois ham chorak finalda g'olib chiqishimiz shart edi. Lekin omad boshqa narsa, amalda isbotlash boshqa narsa. Etakchi futbolchilarni bazilariga dam berishga qaror qildik. SHunga qaramay birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etib yirik hisobda g'alaba qozondik. Ikkinchi bo'limda imkon darajasidagi barcha beshta o'zgarishlarni amalga oshirib rotaciyaga qo'l urdik. Bir tomondan yigitlar o'yinda biroz bo'shashishdi. SHuning uchun ham darvozamizdan 2 bor gol o'tkazib yubordik. Muhimi g'alaba edi va bunga erishdik. Yarim finalga yo'l olganimiz bilan shogirdlarimga ham rahmat aytaman va jamoa muhlislarini tabriklayman. Nasib qilsa keyingi bosqichlarda ham yaxshi o'yinlarni namoyish etib bosh sovrinni o'zimizniki qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", -deydi Mirjalol Qosimov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar