So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  38 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  11 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Mirjalol Qosimov: "Ko'rsatgan o'yinimiz natijaga mos emas" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ko'rsatgan o'yinimiz natijaga mos emas"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan, markaziy uchrashuvda "OKMK" va "Paxtakor" jamoalari to'qnash kelishdi.

 Kurashlarga boy o'tgan uchrashuvda amaldagi chempion irodali tarzda g'alabaga erishdi, yakuniy hisob 2:1. Uchrashuvdan so'ng "OKMK" jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etib, O'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida fikrlaringiz?

- Avvalambor barchani bayram bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, natija ko'rsatgan o'yinimizga mos emas. Hozirgina yigitlarga ham shuni aytdim, futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Birinchi bo'limda yigitlarga hech qanday savol yo'q edi, lekin ikkinchi taymda yigitlar o'zini yo'qotib qo'yishdi. "Paxtakor" kabi kuchli jamoa hech qachon bunday xatolarni kechirmaydi. Birinchi goldan so'ng jamoa juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. O'zimizning aybimiz tufayli bugun mag'lub bo'ldik. Bu ham bir tajriba bo'ladi biz uchun va hayot davom etadi. Kimnidur aybdor qilish noto'g'ri. O'zimizning xatolar tufayli mag'lubiyatga uchradik. "Paxtakor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- Siavash Haqnazariy asosiy tarkib o'yinchisi, lekin bugun 80chi daqiqada maydonga tushdi. Bunga sabab nima?

- O'tgan kuni Sia shamollab qoldi. Kecha mashg'ulotlarda ham ishtirok etmadi va bugungi o'yinda asosiy tarkibda o'ynamaganining sababi shu.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика