So’nggi yangiliklar

09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  0 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  0 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  1 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  12 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  2 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  173 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7

Mirjalol Qosimov: "Ishlamagan odam xato qilmaydi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ishlamagan odam xato qilmaydi"

OKMK hamda "Surxon" o'rtasidagi bahsdan (2:3) so'ng mezbon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: "Qo'rqqanimiz sodir bo'ldi. Uchchala gol qarshi hujum orqali sodir bo'ldi. Ayb o'zimizda. Qolaversa, katta tanaffuslardan so'ng qaytish qiyin bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlikda muammolar bor. "Surxon"ni tabriklaymiz va xatolardan xulosa chiqarib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz".

- Murabbiy sifatida o'sishdan to'xtab qolgandeksiz. Bazilar jamoani, muhitni o'zgartirib, faoliyatida burilishlar amalga oshiradi.

- Oldinda qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Bugun bizdan qanday natija kutgandingiz... Bu futbol, shunaqasi bo'lib turadi. Ishlamagan odam xato qilmaydi. Biz yaxshi natijalarga erishsak, bu haqida yozmaysizku... Hali oldimizda katta ishlar bor, Moskva ham bir kunda qurilmagan. Bu mag'lubiyat bilan bizni erga urib tashlashni keragi yo'q. Tilni suyagi yo'q.

- Olmaliq jamoasi dastlabki 20 daqiqada juda yaxshi o'ynadi, gol ham urdi, lekin raqibning golidan so'ng OKMK futbolchilari maydonda ko'rinmay qolishdi.

- Faqat bugunmas, avvalgi bahslarda ham xotirjamlikka berilganmiz. Futbolda turib yutishning iloji yo'q. Xarajat qilmasdan foyda qilishga urindik va bu qimmatga tushdi.

- Vitaliy Denisovni hurmat qilamiz, ammo u bugungi bahsda yaxshi o'yin ko'rsata olmadi.

- Fikringizga qo'shilaman, uni birinchi taymdan keyinoq almashtirmoqchi edim. Unga yana 5-10 daqiqa imkon berdim, biroq raqib o'zgarishga imkoniyat bermadi va bu juda tez sodir bo'ldi.

- Islom To'xtaxo'jaev jamoaga qay darajada moslasha oldi?

- Islom To'xtaxo'jaev va Sardor Mirzaev hali jismonan tayyor emas. Bunga vaqt kerak. Keyingi o'yinlar orqali formamizni tiklab olamiz.

- Xurshid G'iyosov so'nggi o'yinlarda passiv ko'rinyapti, uni "bonka"ga olish vaqti kelmadimi?

- SHu "bonka"ni topa olmayapman (kuladi). Hayot davom etadi. Har sohada erda yurish kerak. Futbolni yaxshi ko'rish lozim. SHunda jarohat bo'lmaydi, xatolar ham.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика