So’nggi yangiliklar

10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  1 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  8 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  6 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  3 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  45 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  1

Mirjalol Qosimov: "G'alaba bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "G'alaba bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – AGMK (1:4) uchrashuvidan keyin olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.



O'yin haqida

- Qiziqarli, ochiq o'yin guvohiga aylandik. "Qizilqum" jamoasida malakali o'yinchilar jamlangan, ular yaxshi o'yin ko'rsatishyapti. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda epchilroq harakat qildik. O'yin so'nggicha keskin hujumlar va chiroyli gollarni guvohi bo'ldik. Bu bilan cheklanmasdan, yanada yuqoriroqqa harakat qilishimiz kerak. Stadionga kelgan tomoshabinlar o'yindan rohat olgan bo'lsa, bundan xursandmiz. Ushbu bahs tarixda qoldi, endi kelgusi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Negaki, may oyining taqvimi zich, shu bois, har bir uchrashuvda bo'shashmasdan harakat qilishmiz shart. 

- Zich taqvimda har bir murabbiyga rotaciya kerak bo'ladi. Keyingi o'yinlarda rotaciyalar ko'rishimiz mumkinmi?

- Imkoniyatdan kelib chiqib rotaciya qilamiz. Eng ko'p rotaciya qiladigan o'zim bo'lsam kerak. SHogirdlarimning barchasini imkon qadar maydonga tushirishga harakat qilaman. Tarkib raqibga qarab ham tanlanadi. Bugun ham oson o'yin bo'lmadi.

- Jamoa so'nggi ikki turda 90 daqiqani yuqori tempda o'tkazdi. Oldinda, adashmasam, uchta o'yin bor. Jismoniy jihatdan muammolar yuzaga kelmaydimi?

- CHempionat boshi yoki oxiri bo'lganida, xavotirlanishga asos bo'lardi. Hozirgi vaziyatda esa o'yinlarga avvalgidan-da jiddiyroq tayyorgarlik ko'rish talab etiladi. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика