So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Minskda Toshkent va Minsk futbol federaciyasi rahbarlari hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishdilar Yangiliklar

Minskda Toshkent va Minsk futbol federaciyasi rahbarlari hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishdilar

4-7 fevral kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo'lib o'tgan “Nashe budushhee“ - 2020 musobaqasi davomida Toshkent shahar futbol Associaciyasining Birinchi Vice-prezidenti Alisher Polatov va Minsk futbol federaciyasida,

Belarus futbol afsonasi Mixail Vergeenko bilan uchrashdi.


Mixail Vergeenko 1982 yilda “Dinamo“ (Minsk) safida Sobiq Ittifoq chempioni. 1972 yilda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatining finalchisi.


Ayni paytda Minsk shahar FF va Belarus futbol federaciyasida bolalar futboli bo'yicha rahbar lavozimida faoliyat yuritayotgan Mixail Nikiforovich va Alisher Djettibaevich o'rtasida hamkorlik rejalari bo'yicha muzokaralar o'tkazildi. Endi Minsk va Toshkent shahar chempionatida faoliyat olib borayotgan eng yaxshi jamoalar ikki davlat o'rtasida bo'lib o'tadigan musobaqalarda to'g'ridan-to'g'ri ishtirok eta oladilar.


Suhbat yakunida ikki tashkilot rahbarlari o'rtasida memorandum imzolandi.


“Yaqinda Minsk shahrida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqada ishtirok etdi. Menga bolalar juda yoqdi. Bir yosh kichik bo'lganliklari uchun natija bo'lmagan bo'lishi mumkin, ammo yaxshi futbolchilar ko'p edi. Yaqinda MTJlarimiz Dubay shahrida o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadilar. Ikki davlat avvaldan yaxshi aloqalarni yo'lga qo'ygan. Bugun bolalar futbolida hamkorlik memorandumini imzolayotganimizdan xursandmiz“, — deydi Mixail Nikiforovich.



- Toshkentda bolalar futbolini yana avvalgi saviyasiga olib chiqishimiz kerak. Bu borada xalqaro hamkorlarning bo'lishi ayni muddao. Bugun Minskda bo'lib o'tayotgan turnirda Toshkentning ikki jamoasi, “Paxtakor“ va “FA Odil Ahmedov“ ishtirok etyaptilar. Quvonarlisi shundaki, 36ta jamoa ichida “FA Odil Ahmedov“ yarim final yo'llanmasini qo'lga kirita oldi. U erda “Milan“, “Rostov“ va “Krasnodar“ kabi jamoalar bilan o'ynashdi. Bunday musobaqalarda biz ham g'alaba qozona olamiz, qachonki, shunday saviyadagi turnirlarni Toshkentga olib kela olsak. Biz Minsk orqali ilk qadamlarni tashladik va bu davomli bo'ladi. Federaciyadan tashqari, Belarus va MDHda o'z o'rniga ega “Nashe Budushhee“ sport agentligi bilan ham memorandum imzoladik. Dmitriy Tishovskiy boshchiligidagi kompaniya, bugun MDHda musobaqa o'tkazish bo'yicha etakchilar qatoriga kirib borayapti“, — deydi Alisher Djettibaevich.



O'z navbatida Dmitriy Tishovskiy ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Bizning kompaniya “FA Odil Ahmedov“ bilan hamkorlik qilib keladi. Bugun Toshkent shahar futbol Associaciyasi bilan ham shunday memorandumni imzoladik. Minsk borga sari top klublar uchun musobaqa markaziga aylanib boryapti. SHu kungacha “Paxtakor“ va “FA Odil Ahmedov“ doimiy turnirlarimizda qatnashib kelyapti. Endi Toshkentning boshqa jamoalari ham kelishadi degan umiddaman. O'z navbatida hamkorlikda Toshkentda ham yuqori saviyadagi musobaqa tashkil qilish niyatimiz yo'q emas.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика