So’nggi yangiliklar

09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  0 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  6 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  0 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  1 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  5 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  17 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  7 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  8

Mini futbol. Sevinch hal qiluvchi bosqichni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Mini futbol. Sevinch hal qiluvchi bosqichni g'alaba bilan boshladi

Bugun Toshkent shahridagi Yoshlik sport arenasida mini futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi XIII O'zbekiston chempionatining hal qiluvchi – 3-bosqichi boshlandi.

Bugungi 1-tur doirasida Paxtakor W – SHo'rtan Lady  1:6, Yuz rabot – TATU 2:15 uchrashuvlar ham bo'lib o'tdi.

Sevinch dastlabki tur uchrashuvini Nukusning Qirq qiz jamoasiga qarshi o'tkazdi. Uchrashuvda jamoamiz g'alabaga erishgan bo'lsada, o'yini unchalik qovushmadi. Avval xabar berganimizdek, bu yildan jamoamiz safida ko'plab yosh futbolchi qizlar faoliyatini boshlashgan. Bugungi o'yin shuni ko'rsatdiki, bu futbolchilarni mahoratini oshirish uchun, murabbiylarimiz hali ko'plab ishlarni amalga oshirishlariga to'g'ri keladi.

O'yining dastlabki daqiqalaridan jamoamiz o'z darvozasidan to'p olib chiqishga to'g'ri keldi.  Sayyora Jiekbaeva futbolchilarimizning qo'pol xatosidan unumli foydalandi va Laylo Tilavova qo'riqlayotgan darvozamizni aniq nishonga oldi – 0:1.

Bu kutilmagan gol o'yinchilarimizni sergak tortirdi va himoyani mustahkamlab, ko'proq hujumlar uyushtirishdi. Bu orqali ular uchrashuvning birinchi bo'limidayoq 6ta gol urishga erishdilar. Gollarga SHaxzoda Jamolova, Sevara Normurodova, SHaxnoza Qurbonova, Maftuna SHoyimova, SHodiya Tosheva va Kamola Riskievalar mualliflik qilishdi.

Ikkinchi bo'limda jamoamizning o'yini kutilganidek chiqmadi. Bir-birlariga to'p oshirishda ko'plab xatolarga yo'l qo'yishdi va uchrashuvning 25-daqiqasida o'z darvozalaridan 2-to'pni olib chiqishga majbur bo'ldilar. Bu golni Qirq qiz jamoasi o'yinchisi Ziyodaxon Tulenbaeva kiritdi.

Futbolchilarimizda hisobni yanada yiriklashtirish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'lsada, 40-daqiqagacha hech kim raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi. Uchrashuvdagi so'nggi golni Ilvina Ablyakimova kiritishga muvaffaq bo'ldi – 7:2.

SHu tariqa jamoamiz hal qiluvchi bosqichni g'alaba bilan boshladi. Ammo turnir jadvalida gollar nisbati bo'yicha etakchilikni Toshkentning TATU jamoasi qo'lga kiritdi.

Ertaga 3-bosqichning hal qiluvchi – markaziy uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda jamoamiz turnir jadvali karvonboshisi TATU jamoasi bilan bahs yuritadi. Uchrashuv 11:40da boshlanadi.

Mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionati, 3-bosqich, 1-tur
Sevinch (Qarshi) – Qirq qiz (Nukus) 7:2 (6:1)
16.03.2017. Toshkent sh., Yoshlik s/a
Hakamlar
: Krisitina Sereda, Nigora Muhammadieva, Zilola Raxmatova, Husnora Jumaeva.
Gollar: SHaxzoda Jamolova, 7′-1:0, Sevara Normurodova, 9′-2:1,  SHaxnoza Qurbonova, 13′-3:1,  Maftuna SHoyimova, 18-4:1,  SHodiya Tosheva, 20′-5:1, Kamola Riskieva, 20-6:1′, Ilvina Ablyakimova, 40′-7:2 – Sayyora Jiekbaeva, 2′-1:1,  Tulenbaeva Ziyodaxon, 25′-6:2.
Sevinch: 1.Laylo  Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Riskieva (s), 17.Tanzila Zarbieva, 11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 7.SHaxnoza Qurbonova, 25.Maftuna SHoyimova, 20.Maftuna Panjieva, 27.SHodiya Tosheva, 9.Sevara Normurodova, 37.Malika Burxanova, 19.Oliya Axmedova.
Qirq qiz: 16.Kuuanyshbaeva Gulfiya, 3.Aynura Daulbaeva, 5.Banu Nysanbaeva, 6.Dilfuza Kalbaeva (s), 7.Sayyora Jiekbaeva, 8.Dilfuza Nusriddinova, 9.Gulasel Kutanova, 11.Iroda Arazbaeva, 12.Ziyodaxon Tulenbaeva, 15.Husniyo Gancheva, 13.CHorasxon G'anieva.
Ogohlantirish: Sayyora Jiekbaeva 24.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика