So’nggi yangiliklar

10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  1 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  2 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  8 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  11 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  3 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  6 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  20 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  3 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   3 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1

Mini futbol. Sevinch bugun Paxtakor Wni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Mini futbol. Sevinch bugun Paxtakor Wni mag'lubiyatga uchratdi

Mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionatining 3-bosqich uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun chempionatning 3-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Sevinch bu turda Toshkentning Paxtakor W jamoasi bilan bahs olib bordi. Futbolchilarimiz o'yinni juda sust boshlashdi. Natijada uchrashuv boshidanoq o'z darvozalaridan ikkita gol o'tkazib yuborishdi.  Paxtakor W jamoasi futbolchilarimizning bo'sh harakatidan unumli foydalanishdi.

Jamoamiz ushbu gollardan so'ng o'yin tizginini qo'lga olishdi va birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasini uch marta ishg'ol qilishdi. Birinchi bo'limdagi gollarga Maftuna SHoyimova, Kamola Riskieva va Malika Burxanovalar muallif bo'lishdi.

Ikkinchi bo'limda futbolchilarimizning katta mahorati va jipsligi o'z natijasini ko'rsatdi. Raqibga nisbatan katta bosim bilan harakat qilgan futbolchilarimiz, ikkinchi bo'limda yana besh marta gol kiritishga erishdilar. Ikkinchi bo'limdagi golllarni Maftuna SHoyimova (2), SHaxzoda Jamolova (2) va Maftuna Panjievalar kiritishdi.

SHunday qilib, dastlab o'z darvozalaridan ikki to'p olib chiqqan jamoamiz Paxtakor W jamoasini 8:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu natija jamoamizni chempionlik shohsupasiga yanada yaqinlashtirdi.

Ertaga kichik voha derbisi bo'lib o'tadi. Hal qiluvchi bosqichda Sevinchdek uch g'alabani qo'lga kiritgan SHo'rtan Lady jamoamizga raqiblik qiladi. Sevinch (Qarshi) – SHo'rtan Lady uchrashuvi soat 10:20da boshlanadi. G'uzorlik futbolchi qizlar jamoasi, hozircha turnir jadvalida peshqadam bo'lib turishibdi.

Mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionati, 3-bosqich, 3-tur

Paxtakor W (Toshkent) – Sevinch (Qarshi) 2:8 (2:3)

18.03.2017. Toshkent sh., Yoshlik s/a

Hakamlar:
Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova, Lyudmila Geyger, Edita Mirobidova.

Gollar:  Madina Voxidova, 4′-1:0, 7′-2:0 – Maftuna SHoyimova, 16′-2:1, ‘-0:1, 25′-2:4, 27′-2:5, Kamola Riskieva, 19′-2:2,  Malika Burxanova, 19′-2:3, SHaxzoda Jamolova, 30′-2:6, 38-2:7, Maftuna Panjieva, 40’-2:8.

Paxtakor W:  26.Jibek Mirzabekova, 10.Dinara Toirova, 1.Dilorom Tulanova (s), 4.Marina Kosnikova, 28.Umida Xatamova, 7.Madina Hikmatova, 17.Madina Voxidova, 8.Roziyaxon Askarova, 21.Ziyoda Irisboeva, 12.Ekaterina Noskova, 19.Omina Valixanova, 29.Malika Xalilova, 25.Madina Abduraimova, 24.Kamola Erkinova.

Sevinch:
1.Laylo  Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Riskieva (s), 17.Tanzila Zarbieva, 11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 7.SHaxnoza Qurbonova, 25.Maftuna SHoyimova, 20.Maftuna Panjieva, 27.SHodiya Tosheva, 9.Sevara Normurodova, 37.Malika Burxanova, 72.Nilufar Qudratova, 19.Oliya Axmedova.


Bugun bo'lib o'tgan yana ikki uchrashuv natijalari bilan tanishing

SHo'rtan Lady (G'uzor) – Yuz rabot (Toshkent) 8:3

TATU (Toshkent) – Qirq qiz (Nukus) 5:2

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика