"Milan" yanvarda PSJ hujumchisini sotib olishga harakat qiladi
24 sen 2023 12:19
Yangiliklar
"Milan" yanvarda PSJ hujumchisini sotib olishga harakat qiladi
PSJ hujumchisi Ugo Ekitike "Milan"ga o'tishi mumkin.
Franciya grandlari ushbu yozda futbolchisini sotib yuborishga harakat qilgan, biroq ularning talablariga mos murojaatlar kelib tushmagan. Futbolchini sotib olish istagida bo'lgan "Milan" esa qishda "poygaga" kirishmoqchi. Futbolchiga qiziqishlar bo'layotganining sababi - uning PSJda asosiy tarkibda o'ynamayotgani bo'lib turibdi.
Ugoning transfer summasi 20 mln evro atrofida baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar davom etadi.
Futbolchi o'tgan mavsum Franciya chempionatida 25 o'yinda 3 gol va 4 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar