"Milan" va "Feyenoord" kelishuvga erishish arafasida
01 fev 01:50
Yangiliklar
"Milan" va "Feyenoord" kelishuvga erishish arafasida
"Milan" Santyago Ximenesni "Feyenoord"dan sotib olishga yaqin.
Oldinroq Italiya klubi 23 yoshli forvardi 35-40 mln evro evaziga sotib olishi borasida malumotlar urchigandi.
Kecha Ximenesning agentlari "Feyenoord" rahbariyati bilan uchrashgan va klub futbolchining mavsum yakuniga qadar jamoada qolishini istagan. Biroq hujumchi tezroq "Milan"ga o'tishni istamoqda.
Agarda tomonlar kelishuvga erishishsa, Ximenes ushbu haftaning o'zidayoq Italiyaga etib borishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Milan" 11 fevral kuni Rotterdamda ECHL pley-offi doirasida "Feyenoord" mehmoni bo'ladi.
Ushbu mavsumda Ximenes Eredivizida 11 o'yinda qatnashib, 7 gol va 1 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar