"Milan" sardori "Roma"ni standartlar bo'yicha Italiyaning eng yaxshi jamoasi deb hisoblaydi
09 jan 2023 11:47
Yangiliklar
"Milan" sardori "Roma"ni standartlar bo'yicha Italiyaning eng yaxshi jamoasi deb hisoblaydi
"Milan" sardori Davide Kalabriya Italiya chempionatining 17-turi doirasidagi "Roma" bilan durang haqida fikr bildirdi.
"Rossoneri" 87-daqiqagacha hisobda ishonchli tarzda (2:0) oldinda borayotgandi, keyin esa ikkita gol o'tkazib yubordi.
"Biz o'yinda g'alaba qozonamiz deb o'ylagandik, ammo g'alaba qozona olmadik va ochig'ini aytsam, bunday yaxshi o'yindan keyin ochko yo'qotishni qabul qilib bo'lmaydi.
O'ylaymanki, "Roma" bizga muammo keltirishining yagona yo'li – bu standartlar. Ular standart holatlar bo'yicha A Seriyaning eng yaxshi jamoasi.
Biz bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak edi, ahmoqlik qildik. Bunday o'yin bizni g'azablantirishi kerak, chunki so'nggi daqiqalarda yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi", – dedi Kalabriya.
"Milan" hisobida 37 ochko bor va musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. "Roma" 31 ochko bilan 6-o'rinda ketyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar