So’nggi yangiliklar

08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  4 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1

“Metallurg” yangi futbolchilarini tanishtirdi Yangiliklar

“Metallurg” yangi futbolchilarini tanishtirdi

Teglar :  "Metallurg"
Bugun “Metallurg” futbol akademiyasi anjumanlar zalida jamoamizga davralar oralig'ida tarkibga kelib qo'shilgan o'yinchilarni tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda “Metallurg” futbol klubi bosh direktori SHavkat Saidov, jamoa bosh murabbiyi Vesko Steshevich va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etishdi.

Ikkinchi davra arafasida “Metallurg” qo'shni Eron Islom Respublikasidan ikki nafar xorijlik futbolchini o'z tarkibiga jalb etdi. Bular – Rizo Yazdando'st hamda Danial Mahini bo'lib, ularning har ikkalasi himoya chizig'i vakillaridir. SHunisi etiborga molikki “Metallurg” tarkibiga qo'shib olingan eronlik futbolchilarning har ikkalasi o'z vaqtida mamlakat terma jamoalariga jalb etilgan o'yinchilardir.

“Metallurg” ikki yillik tanaffusdan so'ng o'zining qadrdon o'yinchisi SHahzod Ubaydullaevni tarkibiga qaytardi. Aynan Bekobodda hujum chizig'ida porlab, O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiruv olgan SHahzod Ubaydullaev Belarus Respublikasi chempioni “SHaxter” (Soligorsk) jamoasiga transfer qilingandi. Bu yilgi mavsumning birinchi yarmini esa Farg'onada – “Neftchi” safida o'tkazgan Ubaydullaev ikkinchi davrada qadrdon klubiga qaytishni ixtiyor etdi.

Yarim himoya chizig'imizga ikki nafar mahoratli va tajribali o'yinchilar – Sardor Abduraimov hamda Iskandar SHayqulovlar taklif qilindi. “Mashal” jamoasida tanilib, oxirgi ikki mavsumni Yaypanda – “Turon”da o'tkazgan Abduraimov va “So'g'diyona”dan jamoamizga kelib qo'shilgan SHayqulov jamoamiz o'yinini kuchaytirishiga shubha qilmaymiz.

“Metallurg” safiga 2001 yilda tug'ilgan istedodli yarim himoyachi Muhammadaziz Ibrohimov esa Toshkentning “Olimpik” jamoasidan kelib qo'shildi. Birinchi davraning deyarli barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan Muhammadaziz ham “Metallurg” safiga tezda qo'shilib ketishiga ishonamiz.

Taqdimot so'ngida “Metallurg” PFK bosh direktori SHavkat Saidov, jamoa bosh murabbiyi Vesko Steshevich hamda klubga yangi qabul qilingan o'yinchilar OAV vakillari va “Metallurg” fan-klubi azolarining savollariga javob qaytarishdi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика