So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  2 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  22 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  3 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  20

"Metallurg" Tojikiston klubi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Metallurg" Tojikiston klubi bilan durang o'ynadi

Teglar :  Metallurg
Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha poytaxt viloyatining “Do'stlik” jamoa xo'jaligida navbatdagi nazorat uchrashuvini Tojikistonning “Istiqlol” futbolchilariga qarshi o'tkazdi.

Avvalgi ko'rik o'yinlariga nisbatan bu safar bekobodliklarning o'yini unchalik qovushmaganligini aytib o'tish lozim. SHundan bo'lsa kerak, murabbiylar shtabi tanaffusdan so'ng aksariyat o'yinchilarni jiddiy tanqib ostiga oldi va ularning o'rniga maydonga yosh, g'ayratli futbolchilarni tushirdi.

Bevosita o'yin tafsilotiga to'xtaladigan bo'lsak, hududiy ustunlik “Metallurg” futbolchilari tomonida bo'ldi. Ular o'yinning 17-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Jahongir Abdumo'minovning ajoyib to'p oshirishidan so'ng Islom Isoqjonov raqib darvozaboni bilan yakkama yakka chiqdi va vaziyatni golga aylantirdi – 1:0. SHundan keyin ham madanchilarda bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Biroq bekobodliklarga bunday vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi. “Istiqlol” esa uchrashuvning so'nggi soniyalarigacha kurashdan charchamadi va hakam tomonidan qo'shib berilgan kompensaciya vaqti o'tib borayotganda javob golini kiritish maqsadiga erishdi – 1:1.

“Metallurg” bu o'yinni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Zafar Safaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Abror Husinov, Ayubxon No'monov, Jahongir Abdumo'minov, Javohir Esonqulov, Murodjon Toshmatov, Islom Isoqjonov, Zohid Abdullaev.
zahiradan maydonga tushganlar: Timur To'ychiev, Muhammadjon Sultonov, Abror Toshqo'ziev, Davronbek Karimqulov, Muhammadodil Qahramonov, Sanjar Qodirqulov, Alisher Ziyovuddinov, Xudoyshukur Sattorov, Jasur Ahmedov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика