So’nggi yangiliklar

13:51Аморим: "Манчестер Юнайтед"да 20 йил ишламоқчиман"  0 13:31"Андижон" "Қўқон-1912" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:17"Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:03ОКМК "Бухоро"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:46Виктор Гёкереш "Арсенал"га трансферидан олдин Лондонда бизнес бошлаган  0 12:20​38 ёшли Давид Луис "Пафос" футболчисига айланди  1 11:57Эржан Токотаев: "Биринчи ўйинимда гол ўтказмаганимдан мамнунман"  6 11:35Тимур Кападзе: "Ўзбекистоннинг мақсади – тарих яратишни давом эттириш. Ўртоқлик ўйинларида янги футболчиларни синаб кўрамиз"  7 11:14Суперлига 17-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  5 10:38Февзи Давлетов: "Қизилқум" икки тайм давомида позицион ҳимояланди"  1 10:10Сон Хён Миннинг янги жамоаси маълум  1 09:39Саудия Арабистони терма жамоаси аъзоси Франция клубига ўтди  1 09:08"Бавария" футболчиси фаолиятини АПЛда давом эттиради  1 08:50Ўртоқлик учрашувлари. Сон Хён Мин "Тоттенхем" мухлислари билан хайрлашди, "Аякс" "Монако" билан дуранг ўйнади, "Порту" эса "Атлетико" устидан ғалаба қозонди  0 08:37"Ал Насср" "Манчестер Сити" футболчисига таклиф билан чиқмоқчи  0

"Metallurg” PFKda manaviyat soati bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Metallurg” PFKda manaviyat soati bo'lib o'tdi

Teglar :  Metallurg
Bekobodning “Metallurg” jamoasi azoalari dushanba kunidan etiboran Qibray o'quv-mashg'ulot maskanida Superliganing 5-turidan o'rin egallagan “So'g'diyona” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Har kuni ikki mahaldan nazariy va amaliy mashg'ulotlar olib borilyapti. Futbolchilarning kayfiyati alo, shu boisdan keyingi uchrashuvga ham tayyorgarlik ko'ngildagidek o'tmoqda.

Jamoada jarohat olgan o'yinchilar bor. ular jamoa shifokorining nazorati ostida individual tarzda shug'ullanishyapti. Umumiy olganda esa murabbiylar shtabi o'yinchilarning ruhiy va funkcional tayyorgarligidan qoniqish hosil qilishyapti.

Kecha ertalab jismoniy tayyorgarlikni tiklash, to'p bilan ishlash mashqlariga etibor qaratildi. Kunning ikkinchi yarmida Qibray O'MM manaviyat xonasida Marifat soati o'tkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 mart kuni qabul qilingan "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorining ijrosi bo'yicha “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHipilov maruzasi tinglandi.

Andrey Sergeevich o'z maruzasida mazkur qarorning mamlakatimizda millionlar o'yini rivoji hamda ommaviyligini oshirishdagi muhim ahamiyati, futbol klublari, bolalar futbol maktablari, akademiyalar infratuzilmasini mustahkamlash, ularga qo'shimcha qulayliklar yaratib berish borasidagi o'rni, nufuzi haqida atroflicha to'xtalib o'tdi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ko'rsatilayotgan rag'batga munosib bo'lish, “Metallurg” PFK ham yurt futboli ravnaqida chetda qolmasdan, o'zining munosib hissasini qo'shishi shartligi, milliy chempionatda ijobiy ishtiroki orqali minglab, millionlab muxlislar qalbini quvonchga to'ldirish, xalqaro maydonlarga chiqish yo'lida har bir mutaxassis, murabbiy hamda futbolchida ustuvor maqsad bo'lishi kerakligini takidlab o'tdi.

Marifat soatida ishtirok etgan jamoa murabbiylari Alisher Ahmedov, Fevzi Davletovlar ham O'zbekistonda sportga, xususan, uning eng ommaviy turi – futbolni rivojlantirishga Davlat, Hukumat miqyosida katta etibor berilayotganligini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Bu kabi etibor, yaratilayotgan shart-sharoitlarga yarasha yuqori natijalar sari dadil odimlash, yurt shanini hamisha munosib himoya etish futbolchilarning bosh maqsadi ekanligini doimo yodda tutishlarini aytib o'tishdi.

Yakunda jamoa rahbariyati, bu kabi marifat soatlarini tez-tez o'tkazib turilishini takidlab o'tdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика