So’nggi yangiliklar

13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  5 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  2 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  14 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  4 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  14 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0

“Metallurg” Jasur Xolto'raev bilan shartnoma imzoladi, Muhammad Isaev ketdi Yangiliklar

“Metallurg” Jasur Xolto'raev bilan shartnoma imzoladi, Muhammad Isaev ketdi

“Metallurg” qarorgohidagi eng qaynoq, so'nggi yangiliklarni etiboringizga etkazishda davom etamiz.

Jarohati bois Turkiya safariga bora olmagan istedodli hujumchi Islom Isoqjonov individual shug'ullanishni boshladi. Jamoaning ikki nafar iqtidorli yosh o'yinchilari SHahzodbek Nematjonov hamda Humoyunshoh Sayyotovlar esa poytaxtda – O'zbekiston U-20 terma jamoasi yig'inida ishtirok etayapti. Bundan tashqari ham jamoa tarkibida bazi o'zgarishlar mavjud.

Kecha “Metallurg” qarorgohini yarim himoyachi Muhammad Isaev erkin agent sifatida tark etdi. Bir necha mavsum jamoa tarkibida samarali faoliyat olib borgan tajribali futbolchi bilan do'stona xayrlashildi. Muhammad Isaev endi erkin agent sifatida faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Biz Muhammad Isaevga “Metallurg” PFK rahbariyati va ko'p sonli muxlislari nomidan minnatdorlik bildiramiz va uning kelgusi faoliyatiga omad yor bo'lishini tilaymiz.

Bugun esa “Metallurg” PFK o'z tarkibini bir nafar yangi o'yinchi bilan boyitib oldi. O'tgan mavsum Termizning “Surxon” jamoasida to'p surgan hujumchi Jasur Xolto'raev “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi. Futbolchilik faoliyatini 2017 yili G'uzorning “SHo'rtan” jamoasida boshlagan Jasur Xolto'raev 2021 yilgi mamlakat chempionatida “Surxon” safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. SHularning 18 tasini asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, 7 bor zahiradan o'yinga qo'shildi. Raqiblar darvozasiga 2 ta gol kiritdi. 3 marta sariq kartochka bilan jazolandi. “Metallurg”ning ahil oilasiga xush kelibsan, Jasur!", - deb yozadi "Metallurg" matbuot xizmati. 



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика