"Metallurg" 8 o'yindan beri "Navbahor"ni mag'lub eta olmayapti
04 avg 2023 22:30
Yangiliklar
"Metallurg" 8 o'yindan beri "Navbahor"ni mag'lub eta olmayapti
Biroz avval Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" (1:1) uchrashuvi yakunlandi.
Mazkur o'yinda durang o'ynagan bekobodliklarning "Navbahor"ga qarshi noxush seriyasi davom etadi. Jumladan, mezbonlarning Superliga doirasida raqib jamoaga qarshi g'alabasiz seriyasi 8 taga etdi. So'nggi marta "Metallurg" 2015 yil Muzaffar Muzaffarovning yagona goli evaziga namanganliklarni taslim etishni uddalagan.
Qolaversa, "madanchilar" oxirgi 5 ta uchrashuvidan beri mamlakat vice-chempionlari darvozasiga ilk marta yo'l topishdi. Bunga qadar Toshkent viloyati jamoasi so'nggi bor 2021 yilgi mavsumda vodiy klubi darvozasiga yo'l topgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar