Messi Amerika Kubogi haqida: "So'nggi finallar oldidan qarta o'ynab, kech uxlaganmiz"
13 iyu 2024 19:28
Yangiliklar
Messi Amerika Kubogi haqida: "So'nggi finallar oldidan qarta o'ynab, kech uxlaganmiz"
Lionel Messi Amerika Kubogi finali oldidan xotirjam ekanligini aytdi.
Bu final forvard uchun Argentina terma jamoasidagi o'ninchisi (yoshlar va olimpiya jamoasini hisobga olsa) bo'ladi.
"Har doimgidek xotirjamman va final startini kutyapman. Biz boshdan kechirgan voqealardan so'ng hozir ancha sokinroqman.
Har ondan ko'proq rohat olishga harkat qilyapman. Final boshlanishi bilan bor etiborni o'yinga qarataman.
Urugvay - Kolumbiya o'yinini ko'rdim. Ikkala jamoaga qarshi qiyin bo'lishini bilardik. Kolumbiya anchadan beri mag'lub bo'lmayapti, futbolchilari juda kuchli. Bu final. Final - har doim alohida bahs bo'lgan. Biz tayyormiz.
Oxirgi finallar oldidan yaxshi uxlaganman, muammo bo'lmagan. Uzoq suhbatlashib, mate ichib, qarta o'ynardik. Odatda kech uxlardik, lekin yaxshi dam olardik" - dedi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?
Fikrlar