So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  7 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Merson: "Manchester Yunayted" "Manchester Siti" va "Liverpul"dan million mil uzoqda" Yangiliklar

Merson: "Manchester Yunayted" "Manchester Siti" va "Liverpul"dan million mil uzoqda"

Sobiq futbolchi Pol Merson "Manchester Yunayted"ni qattiq tanqid qildi.

"Manchester Yunayted" oddiy bozordan emas, qimmat supermarketdan xarid amalga oshirishi kerak edi. Arnautovich borasidagi mish-mishlar chiqqanida muxlislar tezda shovqin ko'tarib, uning jamoa darajasida emasligini aytishdi.

Klubda nimalar bo'layotganini bilmayman, ammo ular transferlarda doimo bir xil xato qilishmoqda. Muxlislar esa: "Nimalar bo'lyapti?" deb o'tirishibdi xolos. Ularni ayblab bo'lmaydi. "Brayton" ularning maydonida g'alabaga erishdi, bu ham eski tarix.

Agarda yutishni istasangiz, bunday futbolchilar bilan yarim himoyani boshqarishingiz kerak. Biroq Maktomini hamda Fred hech nima qila olmayapti. Agarda Lempard ularni "Everton"da o'ynatganidamidi...

Hujumda ajoyib iqtidorlar bor, ularning qanday darajada ekanligini barcha yaxshi biladi. Balki Eriksen yaxshi transfer bo'lgandir, ammo ular bir jamoada o'ynay olishmaydi. Ular bir-biriga juda o'xshashadi, shu sababli o'zlariga halaqit qilishmoqda. Agarda MYU kuchli to'rtlikka qaytishni istasa, Arnautovichdan yaxshisini topa olishi kerak.

Xatto turnir jadvalining pastki pog'onalaridagi klublar ham uni tarkibiga qo'shib olishni istamaydi, biz hali yuqoridagi jamoalarni aytmadik. Klub lyuks darajadagi futbolchilarni tarkibiga qo'shib olishi kerak.

Futbolchilar xatto 2-3 yil oldingi atmosferani ham ushlay olishmayapti. Agarda shunday davom etaversa, o'sha davrni qaytarish mushkul bo'ladi. MYU dunyoning eng yirik klubi edi, biroq ular hozir o'z joylarini berib qo'yishdi.

Balki oradan vaqt o'tib, ular yana sovrinlar qo'lga kiritar. Ammo shunday bo'lgan taqdirda ham ular "Manchester Siti" va "Liverpul"dan million mil ortda bo'ladi. Odamlar ko'chalarda "Manchester Yunayted" libosida yurishmaydi.

Odamlar klubdan uzoqlashmoqda. Boshqa klublar esa ko'tarilib ketdi. To'g'risi, murabbiy nimalarga bog'lanib qolganligini bilmayapti, endi u boshqalardan qancha ortdaligini tushunmoqda.

Holatni qanday o'zgartirishlarini bilmayman. Biroq MYU 5 yillik reja tuzibgina yuqori darajaga qaytishi mumkin deb o'ylayman", - dedi "Arsenal"ning sobiq futbolchisi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика