So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

Mehnat baribir o'z mevasini beradi Yangiliklar

Mehnat baribir o'z mevasini beradi

"Nasaf"ning Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqqani o'zbek futboli uchun katta voqea bo'ldi.

Buni albatta, o'ziga xos sensaciya desa bo'ladi. "Nasaf"ning yutug'i kutilmaganda yoki omad kelganda bo'lib qolgani yo'q, bu aytaylik 10 yillardan beri qilinayotgan mehnat samarasi. 

"Nasaf"ning o'tgan yil OFK Kubogi finaliga borishi, bu yil OCHLda o'ynab, guruhdan chiqishi klub juda to'g'ri yo'ldan ketayotganini anglatadi. "Nasaf" ehtimol o'z vaqtida pul tomonlama O'zbekistonning eng yaxshi klublaridan biri bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin hech qachon O'zbekistonning eng boy jamoasi bo'lmagan. 

Klubning eng katta yutug'i bu - aniq bir reja yoki dastur asosida ish olib borishi, rahbariyat tomonidan Ro'ziqul Berdievga har yil ishonch bildirilishi va albatta, murabbiy ishiga hech kimning aralashmayotgani. "Nasaf" pul ortidan quvmaydi, "Nasaf" yaxshi o'yin ortidan quvadi. Hech shubhasiz eng chiroyli o'yin uslubiga ega jamoa bu - "Nasaf". Yurtimizda hech bir jamoa "Nasaf"dek chiroyli o'yin ko'rsatmaydi. 

"Nasaf" Osiyo chempionlar ligasida o'zidan 5-10 barobar puli ko'p "Al Sadd"ni mag'lub etdi. Balki ulardagi birgina Kasorla "Nasaf"ning hamma futbolchilaridan ko'p maosh olishi mumkin. To'g'ri, futbolda pul muhim, ayniqsa katta vazifalarni hal qilish uchun. Lekin OCHLda chiroyli o'ynab ham guruhdan chiqsa bo'lishini "Nasaf" isbotlab berdi.

"Nasaf"da futbolchilar yaxshi shug'ullanishi, maydonga chiqib yaxshi futbol namoyish etishi uchun hamma sharoit bor. "Nasaf" tom manoda haqiqiy professional klub. SHuning uchun ham Ro'ziqul Berdiev maza qilib ishlaydi. "Nasaf"dagi sharoit O'zbekistonning hech bir klubida yo'q. Biz jahon chempionatiga chiqishini 30 yildan beri orzu qiladigan O'zbekiston milliy terma jamoasida ham yo'q.

Futbolimiz yangi darajaga chiqishi uchun birinchi navbatda sharoit kerak bo'ladi. Futbolchilarga bir qop pul berib emas, avvalo ularga yaxshi sharoit qilibgina maqsad sari dadil harakat qilish mumkin. SHaroit bo'lsa, natija ham bo'ladi, natijaning ortidan esa pul keladi.

"Nasaf" 10 yildan beri rivojlanish yo'lida qattiq mehnat qilyapti. Jamoaning bu kungacha guruhdan chiqa olmagani hali tayyor emasligidan dalolat edi. Lekin endi ko'ryapmizki, "Nasaf" pishib etilibdi. Ro'ziqul Berdiev o'zi xohlagan va orzu qilgan jamoani tuza olibdi. Endi bu murabbiyning birgina armoni qolyapti: O'zbekiston chempioni bo'lish.

"Nasaf"da chempion bo'lish uchun hamma imkoniyat etarli. Faqat, buyog'i "Biz chempion bo'la olamiz!" deb futbolchilarning o'zlarini ishontira olishi qolyapti. Zero, g'oliblik ruhi singdirilgan jamoa kelasi yil OCHL chorak final, yarim finallarida ham o'zini ko'rsata oladi.

Barsa Bloger.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика