Matias Rosa: "Braziliyadan Amerika kubogi finalidagi mag'lubiyat alamini olishga harakat qilamiz"
04 okt 2024 12:04
Yangiliklar
Matias Rosa: "Braziliyadan Amerika kubogi finalidagi mag'lubiyat alamini olishga harakat qilamiz"
Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Franciyaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Argentina terma jamoasi azosi Matias Rosa Alemani saytimizga intervyu berdi.
"Franciyaga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib jamoa ajoyib o'yin ko'rsatdi, ular jismonan yaxshi tayyorgarlikka ega ekan. Qolaversa, ularda yuqori saviyadagi o'yinchilar bisyor. Bu esa bizni himoyaga ko'proq etibor qaratishga majbur qildi. Muhimi, g'alaba qozonishni uddaladik.
Finalda Braziliya bilan to'qnash kelamiz. Braziliya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligiga shubha yo'q. Biz ular bilan yaqinda Amerika kubogi finalida to'qnash kelgandik. O'shandagi mag'lubiyat uchun renvansh olishga harakat qilamiz. Finalda maksimal kuchimizni ishga solamiz", dedi Rosa.

Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Argentiga jahon chempionati finalida Braziliya bilan to'qnash keladi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar