So’nggi yangiliklar

09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  5 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  1 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  1 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2

"Mashal" yoshlari so'nggi daqiqada ikki ochko yo'qotdi Yangiliklar

"Mashal" yoshlari so'nggi daqiqada ikki ochko yo'qotdi

Bugun Oliy liganing 8-turi oldidan Samarqandda "Dinamo" va "Mashal" yoshlari kuch sinashdi.
Uchrashuvning dastlabki bo'limi maydon egalarining ustunligi ostida o'tdi. Ketma-ket hujumlari samarasiz yakunlangani maydon egalarini kayfiyatini tushurib yubordi. 20 daqiqada Islom Hamidov darvozaga yaqin masofadan to'pni aniq yo'naltira olmadi.  30 daqiqada Qahramon Bahodirovning zarbasini noaniq ketdi. 38 daqiqada Eldor SHomurodovning zarbasi darvoza to'sinini yonidan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'limda to'liq tashabbus "Mashal" yoshlarida bo'ldi. 46 daqiqada Dostonovning kuchli zarbasini darvozabon bartaraf etdi. 50 daqiqaga kelib Dostonov o'z maqsadiga etdi. Xolmurod Xolmurodovning uzoqdan yo'naltirgan to'pi SHohruhga kelib tushdi va Dostonov boshi bilan darvozani uzoq burchagini aniq nishonga oldi.  Akmaliy Rahimzoda 58 daqiqada ikki himoyachidan o'tib darvozaga aniq zarba bera oldi. Zarbani darvozabon qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi.  Uchrashuvga bosh hakam 4 daqiqa qo'shib berdi. To'rtinchi daqiqa o'tib borayotgan vaqtda Aliqulov jarima maydonchasi ichida Islom Hamidovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi deb topdi va darvozaga 11 metrli jarima zarbasini belgilandi. Penaltini Jonibek Ko'chimov aniq amalga oshirdi.

SHunday qilib "Mashal" safarda qimmatli ikki ochkoni boy berdi va ikkinchi pog'onada qoldi.


"Dinamo" - "Mashal" 1:1

Gollar:
Jonibek Ko'chimov 90+4 (pen)  -  SHoxrux Dostonov 50

"Dinamo": I.Mixaylov (R.Toshturdiev 46) , M.Lokaev, B.Isroilov, F.Abdusalimov (J.Azimov 46), M.Rajabov, S.Boymamatov, G.Adamyan (A.Safarov 46), I.SHaripov, I.Hamidov, I.Xolmirzaev (J.Ko'chimov 60), S.Ibragimov (B.Joniev 60).

"Mashal": J.Ilyosov, YU.Ochildiev ( M.Aliqulov 55), O.SHukurov, X.Xolmurodov, S.Rahmatullaev, O.Narzullaev (A.Rahimzoda 60), E.SHomurodov (B.Murtozaev  46) , I.Toshpo'latov (I.Ahmadjonov 70), S.Quttiboev (E.Ergashev 46), Q.Bahodirov, SH.Dostonov (U.Bobonazarov 80).

Ogohlantirishlar: Sirojiddin Rahmatullaev (75), Muhammadali Aliqulov (85), Qahramon Bahodirov (87), Otabek SHukurov (90+4) (hammasi "Mashal")
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика