So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

"Mashal: Ikkinchi ligadagi ikki jamoamiz g'olib bo'ldi Yangiliklar

"Mashal: Ikkinchi ligadagi ikki jamoamiz g'olib bo'ldi

Qashqadaryo viloyati ikkinchi liga bahslariga start berildi.
Dastlabki tur doirasida Kitobning “Neftchi” jamoasi Muborakning “Mashal-98” jamoasini o'z maydonida qabul qildi. O'yin mezbonlarning shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Amir Temurov o'tkir burchakdan to'p kiritib, kitobliklarni oldinga olib chiqdi.

Goldan so'ng muborakliklar o'ziga kelishdi va o'yin tizginini o'zlari tomonga og'dira olishdi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Temur Mamatov hisobni tenglashtirdi. Jamoalar shu hisob bilan tanaffusga yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'limda “Mashal-98” futbolchisi Bakir Murtozaev o'zini har tomonlama ko'rsatdi. Uchrashuvning 60-daqiqasida o'zining mavsumdagi dastlabki golini kiritgan hujumchi keyingi vaziyatda raqib jarima maydoni ichida simulyaciya ishlatdi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan Respublika toifasidagi hakam Suhrob Sattorov hech ikkilanmay Murtozaevga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi va maydondan chetlatdi. Raqib son jihatdan kam bo'lishiga qaramay “Neftchi” o'yinida jonlanish kuzatilmadi va uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi.

“Neftchi”- “Mashal-98” 1:2
Gollar:
Temur Mamatov, Bakir Murtozaev


Ikkinchi ligada ishtirok etayotgan yana bir jamoamiz "Mashal FA" yoshlari esa birinchi turni o'z maydonida o'tkazdi. Kosonning "Po'lati-Bunyodkor" jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. Gollarni Temur Yumangulov va SHahboz Botirovlar kiritdi.

"Mashal FA" - "Po'lati-Bunyodkor"  2:0
Gollar:
Temur Yumangulov, SHahboz Botirov

Ertaga aynan mana shu "Mashal FA" jamoamiz ikkinchi turni Qarshida "Binokor" jamoasiga qarshi o'tkazadi. "Mashal-98" jamoamiz esa navbatdagi ikki turni Navoiydagi Respublika birinchiligi bois o'tkazib yuboradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика