So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

"Mashal" 9 yildan buyon Superligada "Andijon"ni mag'lub eta olmayapti. So'nggi g'alaba va Kenja To'raevning benefisi Yangiliklar

"Mashal" 9 yildan buyon Superligada "Andijon"ni mag'lub eta olmayapti. So'nggi g'alaba va Kenja To'raevning benefisi

Teglar :  MashalAndijon
Birozdan so'ng Superliganing navbatdagi turi doirasida "Andijon" - "Mashal" uchrashuvi boshlanadi.

Ikki jamoa Superligada so'nggi bor 2021 yil uchrashgan bo'lib, o'sha mavsumda "burgutlar" bittadan durang va g'alaba qayd etgan. Muborakda kechgan oxirgi o'yinda Usmonali Ismonalievning yagona goli jamoaga g'alaba keltirgan edi. 

"Mashal" esa raqibini elitada 2016 yildan buyon mag'lub eta olayotgani yo'q. O'sha o'yinda Kenja To'raevning xet-triki, Jamshid Hasanov va Zohir Qo'ziboevning gollari jamoaga yirik hisobli g'alabani keltirgan. Bu bahs To'raevning benefisiga aylangan edi. 

Superliga-2016. 23-tur

24.09.2016. 

"Mashal" - "Andijon" 5:0

Gollar: Kenja To'raev 5, 19, 44, Jamshid Hasanov 37, Zohir Qo'ziboev 81

"Mashal": Botir Nosirov, Siroj Hamroev, Iskandar Shoykulov, G'iyos Komilov, Mirzakamol Kamolov, Mirzohid G'ofurov, Vladislav Pavlenko, Jamshid Hasanov, Sardor Abduraimov, Kenja To'raev, Zohir Qo'ziboev

Zaxira: Avaz Agaliev, Andrey Derkach, Abbos Shodmonov, Javohir Ilyosov, Humoyun Murtozaev, Shahzod Shaymanov, Zafar To'raev

"Andijon": Xurshid Xojaev, Daniel Ilesku, Obid Jo'raboev, Azamat Isroilov, Javlon Guseynov, Ibrohim Otaxonov, Elman Tagaev, Farhod Bekmurodov, Baxtiyor Qosimov, Andrey Bugnyak, Ro'zimboy Ahmedov

"Andijon" Superliga doirasida o'z maydonida 11 yildan buyon "Mashal"ga engilmayapti. Mezbonlar so'nggi martta 2014 yil uyda raqibiga 3 ochko ulashgan. Zohir Qo'ziboevning yagona goli o'yin taqdirini hal qilgan. 

Superliga-2014. 3-tur

29.03.2014. 

"Andijon" - "Mashal" 0:1

Gol: Zohir Qo'ziboev 83

"Andijon": Timur G'aniev, Aleksey Kasyan, Javlon Mirabdullaev, Shahzod Shaymanov, Sergey Docenko, Rasul Rahmonov, Bahrom Abdurahimov, Asror Rahmonov, Rahim Qodirov, Viktor Raskov, Alisher Azizov

Zaxira: Anvar Rajabov, Mirzakamol Kamolov, Timur Sultonov, Bekzod G'oziev, Davron Tursunov, Lochin Soliev, Muhiddin Xudoyorov

"Mashal": Sanjar Quvvatov, Siroj Hamroev, Sherzod Fayziev, G'iyos Komilov, Andrey Derkach, Mirzohid G'ofurov, Zafar To'raev, Jamshid Hasanov, Jahongir Abdumo'minov, Zohir Qo'ziboev, Ixtiyor Toshpo'latov

Zaxira: Botir Nosirov, Mo'ydin Mamazulunov, Otabek Narzullaev, Dilyaver Vaniev, Abbos Shodmonov, Qahramon Bahodirov, Xolmurod Xolmurodov.

Bugun ular Superligada 35 bor uchrashishadi. O'zaro uchrashuvlarda ustunlik Muborak jamoasi tomonida 18 g'alaba. 11 ta o'yinda "Andijon"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 5 ta o'yinda g'olib nomi aniqlanmagan. Ayni paytgacha "Mashal" hisobida 1 g'alaba mavjud bo'lsa, maydon egalari 3 ta bahsda bir ochkodan qo'lga kiritdi. Uchrashuv 17:45da start oladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика