So’nggi yangiliklar

Marsel Zabitcer yozda "Bavariya"dan ketmaydi Yangiliklar

Marsel Zabitcer yozda "Bavariya"dan ketmaydi

"Bavariya" yarim himoyachisi Marsel Zabitcerning agenti uning mijozi yaqin transfer oynasida nemis klubidan ketmasligini aytdi.

"Biz u "Leypcig"da ko'rsatgan darajasini ko'rsatish uchun Zabitcerni kelasi mavsumni shu erda boshlashiga qaror qildik", - deydi agent.

28 yoshli avstriyalik "Bavariya"da 2021 yilning yozidan beri o'ynaydi, u "Leypcig"dan 15 mln evro evaziga o'tgandi.

Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика