"Marsel" bilan Liga 1'da kumush medallarni qo'lga kiritgan Sampaoli klubdan ketdi
01 iyu 2022 20:11
Yangiliklar
"Marsel" bilan Liga 1'da kumush medallarni qo'lga kiritgan Sampaoli klubdan ketdi
Xorxe Sampaoli ortiq "Marsel" bosh murabbiyi emas.
Tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishdi.
62 yoshli argentinalik mutaxassis rahbariyatning noaniq transfer siyosati tufayli jamoadan ketish tashabbusi bilan chiqdi. U klubdan CHempionlar ligasi uchun tajribali o'yinchilarni sotib olishni so'ragan va hozircha "Velodrom"ga faqat "Gavr"dan Isaak Ture etib kelgan.
Sampaoli 2021-yilning fevralidan beri “Marsel”ga ustozlik qilib keladi va uning qo'l ostida jamoa barqaror natija ko'rsatib borayotgandi. 2021/22 yilgi mavsumda janubliklar Liga 1'da 2-o'rinni egalladi, Konferenciya ligasida esa yarim finalga qadar etib bordi.
Manbalarning takidlashicha, Sampaolining ketish qarori juda tez qabul qilingan, shuning uchun "Marsel"da hali uning o'rniga nomzodlar yo'q.
O’xshash yangiliklar
19:55
Belsa atrofidagi shov-shuvlar barham topdi: murabbiy Urugvay terma jamoasi boshqaruvida qoladi 0
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar