Marotta: "Yuventus" Dibala borasida "Barselona"dan taklif olmagan"
13 sen 2017 14:14
Yangiliklar
Marotta: "Yuventus" Dibala borasida "Barselona"dan taklif olmagan"
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marottaning so'zlariga ko'ra, klub yozgi transfer oynasida hujumchisi Paulo Dibala borasida hech qanday taklif olmagan.
Oldinroq, "keksa sinora" ikki marotaba Kataloniya klubining argentinalik borasidagi taklifini rad etgani elon qilingan edi.
"Biz Dibala transferi uchun "Barselona"dan taklif olganimiz yo'q. Ammo uni sotmoqchi bo'lmaganmiz. Dibala "Yuventus" futbolkasini kiyishiga ishongandik. U xatto 10-raqamni oldi, bu esa katta masuliyat" - deydi Marotta.
Paulo Dibala joriy yilning aprel oyida "Yuventus" bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar