Marko Kolakovich: "Yangi mavsumda "Buxoro" bilan yuqori o'rinlarni ko'zlaganmiz"
10 fev 08:05
Yangiliklar
Marko Kolakovich: "Yangi mavsumda "Buxoro" bilan yuqori o'rinlarni ko'zlaganmiz"
Ulug'bek Bakaev boshqargan jamoalar odatda doim yuqori o'rinlar uchun kurashib kelgan. "Buxoro" ham bu mavsumda katta marralarni zabt etishga hozirlik olib bormoqda. Antaliyada davom etayotgan mashg'ulotlar, nazorat uchrashuvlari bu borada tayyorgarlikni yanada maromiga etkazishi turgan gap. Jamoaning serbiyalik himoyachisi Marko Kolakovich bu borada fikrlarini bildirdi.

"Tayyorgarlik juda alo darajada olib borilmoqda. Quvonarlisi bu erda mashg'ulotlar uchun hamma sharoit yaratilgan. Tiklanish uchun ham qulay. Bundan tashqari sifatli jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazmoqdamiz. Shu o'rinda klub rahbariyatiga yaratib berilgan sharoit va ishonch uchun rahmat aytaman.
Yangi kelgan futbolchilar tezda moslashib ketishdi, chunki ular Bakaevning talablarini juda yaxshi bilishadi. Aksariyati avval uning qo'l ostida to'p tepgan. Bakaev boshqargan jamoalarda kayfiyat va ichki muhit yuqori cho'qqida bo'lgan. Bu narsa moslashishda yordam beradi.
Maqsadimiz ko'proq ochko jamg'arish va yuqori o'rinlarni egallash. Afsuski, o'z maydonimizda o'ynamaymiz. Buxoro shahri, xalqi o'z uyida raqiblarni qabul qilishni istaydi. To'g'risini aytganda qura oddiy kelgani yo'q. OKMKning kuchli tomonlarini bilamiz, Superliganing etakchi jamoalaridan biri. Lekin bu bizni ikki hissa kuch bilan o'ynashga undaydi",- deydi Kolakovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar