So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Markaziy Osiyo. Qozog'iston chempionatida jamoalar soni kamaydi, Tojikistonda esa aksi bo'ldi, Turkmanistonda barchaga malum jamoa etakchi Yangiliklar

Markaziy Osiyo. Qozog'iston chempionatida jamoalar soni kamaydi, Tojikistonda esa aksi bo'ldi, Turkmanistonda barchaga malum jamoa etakchi

Markaziy Osiyo mintaqasida o'tkazilayotgan chempionatlar to'g'risida malumot beramiz.

Qozog'iston

Qozog'istonda joriy mavsum 13 ta klub ishtirok etadi. Sababi, 2023 yilgi mavsum o'yinchilarining ish haqi bo'yicha qarzlari va boshqa moliyaviy qiyinchiliklarda duch kelgan "Oqsu" 2024 yilgi mavsumda Qozog'iston Premer-ligasida ishtirok etmaydigan bo'ldi.

O'tgan mavsumda jamoa elit divizionda 14 ishtirokchi orasida so'nggi o'rinni egallagani bois, reglamentga ko'ra, Birinchi ligaga tushib ketgandi. Ammo fevral oyida klubga futbol klublarini licenziyalash qoidalarining minimal talablariga rioya qilmagani va bajarmagani uchun chempionatdan chetlashtirilgan “Maqtaaral” o'rniga qaytish imkoniyati berilgandi.

Mamlakatda Premer-liganing 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Tur doirasida quyidagi natijalar qayd etildi:

"SHaxtyor" — "Turon" 0:2

Gollar: Leonardo Vaka, 7 (0:1), Branislav Sulka, 39 (0:2)

"Atirau" - "Jetisu" 0:1 (0:0)

Gol: Serikjan Mujikov, 73 (0:1)

"Aqtobe" - "Jengis" 3:0 (2:0)

Gollar: Maksim Samorodov, 13 penalti (1:0), Idris Umaev, 16 (2:0), Dorni Romerov, 48 (3:0)

CHetlatish: Mateo Barach, 74 ("Aqtobe")

"Qiziljar" - "Tobil" 0:0

"Astana" - "Elimay" 0:1 (0:0)

Gol: Roman Murtazaev, 89 (0:1)

CHetlatish: Aleksa Amanovich, 58 ("Astana")

"Ordabasi" - "Qayrat" 1:2 (0:1)

Gollar: Edilet Sadibekov, 42 (0:1), Joau Paulu, 68 (0:2), Jasur Yaxshiboev, 84 (1:2)

Mazkur o'yinda mezbonlarning o'zbekistonlik futbolchilari SHahboz Umarov va Jasur Yaxshiboev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Jasur Yaxshiboev uchrashuvda to'liq harakat qildi va jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. SHahboz Umarov esa ikkinchi bo'limda zaxiraga olindi.

CHempionatning 4-tur uchrashuvlari 6–7 aprel kunlari o'tkaziladi.

6 aprel

"Qiziljar" - "Jengis"

"Elimay" - "Qaysar"

"Qayrat" - "Jetisu"

7 aprel

"Aqtobe" - "Atirau"

"SHaxtyor" - "Astana"

"Turon" - "Ordabasi"

To'purarlar ro'yxati

1. Idris Umaev ("Aqtobe) - 3 gol

2. Elxan Astanov ("Astana") - 2 gol

3. Joao Paulo ("Qayrat") - 2 gol

Assistentlar ro'yxati

1. Ramazan Orazov ("Aqtobe") - 2 assist

2. Asxat Tag'ibergen ("Ordabasi"/"Jengis") - 2 assist

3. Dmitriy Sergeev ("Qayrat") - 2 assist.

Tojikiston

7 mart kuni Tojikiston chempionatining yangi mavsumiga qura tashlandi. 6 aprel kuni start oladigan 33-mavsumda 12 ta klub ishtirok etadi — "Istiqlol", CSKA (ikkalasi – Dushanbe), "Ravshan" (Kulob), "Esxata", "Xo'jand" (ikkalasi – Xo'jand), "Hosilot" (Farxor), "Regar-TadAZ" (Tursunzoda), "Vaxsh" (Boxtar), "Ko'ktosh" (Rudaki), "Panjsher" (Jaloliddin Balxi), "Istaravshan" (Istaravshan) va "Barkchi" (Gissar).

Malumot uchun, avvalgi mavsumlarda chempionatda 10 ta klub ishtirok etgandi. Tojikiston futbol federaciyasi Ijroiya qo'mitasi yuqori divizion va Birinchi ligadagi jamoalar sonini oshirishga qaror qildi.

Dastlabki turda quyidagi juftliklar to'qnash kelishadi:

"Xo'jand" – "Esxata"

"Hosilot" – "Ko'ktosh"

"Regar-TadAZ" – "Vaxsh"

"Istiqlol" – "Istaravshan"

"Barkchi" – "Ravshan"

"Panjsher" – CSKA.

Qirg'iz Respublikasi

Qirg'iz Premer-ligasida 28 mart kuni yangi mavsum start oldi. Dastlabki turda quyidagi natijalar qayd etildi:

"Muras Yunayted" - "Neftchi" 1:3

"Oshmu-Aldier" - "Kara-Balta" 1:0

"Abdish-Ata" - "Alay" 2:1

"Talant" - "Dordoy" 0:0

"Ilbirs" - "Alga" 1:1

2–4 aprel kunlari 2-tur uchrashuvlari o'tkaziladi:

"Muras Yunayted" - "Kara-Balta"

"Dordoy" - "Alay"

"Neftchi" - "Talant"

"Ilbirs" - "Abdish-Ata"

"Alga" - "Oshmu-Aldier"

Turkmaniston

Turkmaniston chempionatining 4-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:

“SHagadam” – “Ashxobod” – 1:0

Gol: 90+2 (p.) Emir Berdiev (“SHagadam”)

“Marv” – “Kopetdag” – 2:1

Gollar: 14, 38 Guvanch Berdimuradov (“Merv”) – 51 Dovletmurod Seyitmuhamedov (“Kopetdag”)

“Arkadag'” – “Ahal” – 4:1

Gollar: 10 Velmurad Ballakov, 45+2 (p.) Arslanmurod Amanov, 63 Altimurad Annadurdiev, 67 Begench Akmamedov (“Arkadag'”) – 38 Alibek Abdurahmonov (“Ahal”)

“Altin Asir” – “Nebitchi” – 2:1

Gollar: 17 Selim Nurmuradov, 50 Vaxid Orazsaxedov (“Altin Asyr”) – 53 Muratdurdi Bayramov (“Nebitchi”).

TURNIR JADVALI

#Jamoa nomiO'yinlar soniG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbatiOchko
1"Arkadag'"330012-19
2"Ahal"43018-49
3"Ashxobod"42114-17
4"SHagadam"42024-46
5"Marv"42023-36
6"Altin Asir"31023-63
7"Nebitchi"41033-93
8"Kopetdag"30212-32
9"Energetik"30121-91


5-tur o'yinlari 2–3 aprel kunlari o'tkaziladi:

“Ashxobod” – “Arkadag'”

“Kopetdag” – “SHagadam”

“Energetik” – “Marv”

“Ahal” – “Altin Asir”

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика