Mareska: "Estevao Palmer izidan boradi"
23 okt 19:59
Yangiliklar
Mareska: "Estevao Palmer izidan boradi"
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska Estevao Villianni Koul Palmer bilan taqqosladi.
Chorshanba kuni 18 yoshli vinger "ko'klar"ga "Ayaks" ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozonishga yordam berdi hamda gol urdi va Chempionlar Ligasida gol urgan klub tarixidagi eng yosh futbolchi bo'ldi.
"Estevaoga vaqt kerak, biroq mening fikrimcha, u Palmerga o'xshaydi. Koul "Manchester Siti"da qanotda boshladi, keyin jismonan etuklashib, markazda o'ynashga o'tdi. Estevao kelajakda ham xuddi shu yo'ldan borishi va 10-raqam ostida o'ynashi mumkin", – dedi Mareska matbuot anjumanida.

Yosh braziliyalik o'tgan yozda "Palmeyras"dan London grandiga qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar