Marek Gamshik: "Men "Napoli" tarkibida o'ynashda davom etmoqchiman"
16 may 2014 00:27
Yangiliklar


Marek Gamshik: "Men "Napoli" tarkibida o'ynashda davom etmoqchiman"
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik jamoasini tark etishni rejalashtirmayotganini aytib o'tdi.
Muxlislardan minnatdorman. Ularning menga bo'lgan munosabatlari meni xursand qiladi.
Etti yildan buyon ular bilan birgamiz va bu hamkorligimiz davom etadi.
Menga bo'lgan ishonch uchun hammaga rahmat. Bu mavsumda faoliyatimdagi ilk jiddiy jarohatlarga duch keldim. Jarohatlar xohlaymiz yo'qmi, futbolchining o'yiniga salbiy tasir ko'rsatadi.
Meni bu erda barcha qanoatlantiradi. Sardorlik bog'ichini faxr bilan toqib yuraman.
Italiya Kubogini boshim uzra ko'targanimni hech qachon unutmayman. Bu juda quvonchli voqea bo'ldi.
"Napoli" bilan katta maqsadlar yo'lida birga kurashamiz.
Men "Napoli" tarkibida o'ynashda davom etmoqchiman.

Fikrlar