Marat Miftaxutdinov: “Abramov kasal bo'lib qolgani sababli Andijonga kela olmadi“
13 may 22:09
Yangiliklar


Marat Miftaxutdinov: “Abramov kasal bo'lib qolgani sababli Andijonga kela olmadi“
O'yin juda qiziqarli. Bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar yaxshi o'yin ko'rishdi deb o'ylayman. “Andijon“ jamoasida bir nechta yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, buni tan olish lozim. Qiziqarli uchrashuvda durang natijasiga erishdik. Biz avvalroq pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lganimiz sababli bugun Superligada asosan zaxira qolayotgan futbolchilar va U-21 jamoasi azolaridan foydalanishga qaror qildik.
Bugungi uchrashuvda maydonga tushgan yosh futbolchilar qanday taassurot qoldirdi?
- Birinchidan ularda katta shijoat bor edi. Biroq bazi vaziyatlarda futbolchilarimizda tajriba va mahorat etishmadi. Ular bizning asosiy tarkibimizning zaxirasi edi va biz ularni bugungi uchrashuvda ko'rib olishimiz kerak edi.
Bugungi uchrashuvga jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov kelmadi. Bu nima bilan bog'liq?
- U biroz kasal bo'lib qoldi. Shamollash borligi sababli uni qiynamaslikka qaror qildik. Kasal odam bunday uzoq yo'lda yanada ahvoli qiyinlashadi. Shu sababli u Andijonga tashrif buyurmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar