So’nggi yangiliklar

10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  1 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  18 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  3 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8

Mansur Saidov “Qizilqum” jamoasida o'ynamaydi Yangiliklar

Mansur Saidov “Qizilqum” jamoasida o'ynamaydi

SHu kunlarda poytaxtimizda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari navbatdagi sinov nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

26 yanvar kuni “Bunyodkor” futbol klubi mashg'ulotlar maydonida navoiyliklar Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Ayni paytda “Qizilqum” jamoasining Toshkentdagi yig'inida yigirma besh nafar futbolchi ishtirok etyapti. Yig'in doirasida uyushtirilayotgan o'yinlarda Hamidjon Aktamov boshchiligadiga murabbiylar shtabi tarkibni shakllantirish maqsadida nazorat uchrashuvlariga jiddiy etibor qaratishyapti. Bungacha konchilar bunyodkorchilar bilan o'rtoqlik uchrashuvi (0:2) o'tkazishgandi.

Bekobodliklarga qarshi kechgan bahsda murabbiylar quyidagi tarkiblarni maydonga tushirdilar:

"QIZILQUM": Umid Xonimqulov, SHukurali Po'latov, Akmal Rustamov, Otabek Zokirov, Azamat Allaniyozov, Fayzulla Qambarov, Jasur Hasanov, Maksim Yurku, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Azizbek Usmonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Artyom Makosin, G'ayrat Jumaev, SHerali Jo'raev, Alisher Yusupov, Mansurjon Saidov, Samandar SHodmonov, Bekzod G'anijonov.

"METALLURG": Zafar Safoev, Davron Karimqulov (Vusol Magerramov), Doston Tursunov (Kamron Kopadze), Hikmat Hoshimov (Jasur Ahmedov), Mirg'iyos Sulaymonov (Nodir Yo'ldoshev), Doniyor Odilov (Farhod Namozov), Jahongir Abdumo'minov (Alisher Ziyovuddinov), Islom Isoqjonov (Muhammadodil Qahramonov), Sanjar Qodirqulov (Abror Toshqo'ziev), Dilmurod Karimov (Ayubxon No'monov), Zohid Abdullaev (Umid Rahimov).

Qiziqarli va hujumkor ruhda kechgan bahsda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi - 0:0.



O'tgan yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Qizilqum” tarkibida o'tkazgan bolqonlik legioner Nemanya Yovanovich jamoani tark etganligini xabar qilgandik. Toshkent yig'ini oldidan gruziyalik Georgiy Kvseieshvili ham boshqa jamoada o'ynash istagi borligini bildirgandi. Konchilar ular o'rniga munosib legioner futbolchilarni topish maqsadida bu borada ham selekciya ishlarini olib borishyapti. Jumladan, bekobodliklarga qarshi o'yinda navoiyliklari tarkibida moldovalik Maksim Yurku maydonga tushdi. Uning jamoada qolish-qolmasligi yig'in yakunida aniq bo'ladi.

Yana bir xabar. “Qizilqum” jamoasi mashg'ulotlarida farg'onalik tajribali yarim himoyachi Mansur Saidov qatnashayotganligini va yangi mavsumda navoiyliklar bilan shartnoma imzolashga yaqin turganligini bildirgandik. Kuni kecha oilaviy sharoiti munosabati bilan Mansur konchilar qarorgohini tark etdi.

Rejaga ko'ra, “Qizilqum” navbatdagi nazorat uchrashuvini birinchi liga vakili Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasi bilan o'tkazadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика